Koʻkrak suti bilan boqish




Emizish  – bolaga ona sutini berish jarayoni. Koʻkrak suti bilan boqish toʻgridan toʻgʻri koʻkrakni bolaning ogʻziga tutish orqali yoki mahsus sut sogʻuvchi pompalar orqali koʻkrakdan ajratib olinib keyin chaqaloqqa berilishi mumkin. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) emizishni chaqaloq dunyoga kelgan dastlabki soatidanoq boshlashni tavsiya etadi. Bunda chaqaloq oʻzi hohlagan vaqtida va hohlaganicha emizilishi kerak. Sogʻliqni saqlash tashkilotlari, shu jumladan JSST, chaqaloq hayotining dastlabki 6 oyida faqatgina ona suti bilan boqishni tavsiya etadi . Bu davr davomida bolaga ona sutiga qoʻshib faqat D vitamin berilishi mumkin boshqa qoʻshimcha ozuqa vostilari berish tavsiya etilamydi. JSST 6 oylikdan boshlab oson hazmlanuvchi qoʻshimcha nutrientlar berishni boshlash haqida koʻrsatmalar beradi, lekin bola 2 yoshga toʻlgunicha boʻlgan vaqtda ona sutidan toʻliq ajratilmaydi balki unga qoʻshimcha ravishda turli boʻtqalarga moslashtirib boriladi , agar bolaga 6 oylikdan boshlab birdaniga turli xil qoʻshimcha ozuqa moddlar berilsa bu rivojlanayotgan bolaning sogʻligiga salbiy taʼsir etadi. Statistik maʼlumotlarga koʻra, har yili tugʻilgan 135 million chaqaloqlarning atigi 42 foizi hayotning birinchi soatida koʻkrak suti bilan oziqlanadi, onalarning atigi 38 foizigina birinchi olti oyda farzandini faqat koʻkrak suti bilan boqishadi va 58 foiz onalar ikki yoshga toʻlgunga qadar emizishni davom ettiradilar, albatta bu koʻrsatkichlar juda ham past hisoblanadi.

Koʻkrak suti bilan boqish onaga ham, chaqaloqqa ham bir qator foydali boʻlib, chaqaloqlarga suniy sutdan koʻra ona sutining foydasi koʻproq . Aholi daromadi kam va oʻrta daromadli mamlakatlarda koʻkrak sutini emizishni oshirish orqali har yili besh yoshgacha boʻlgan bolalar oʻlim miqdorini taxminan 820 000 taga kamaytirish mumkin. Rivojlanayotgan va rivojlangan mamlakatlarda koʻkrak suti bilan boqish koʻrsatkichining yuqoriligi sababli nafas yoʻllari infektsiyalari, quloq infeksiyalari, chaqaloqlarning kutilmagan oʻlimi va chaqaloqlar orasidagi diareya xavfini kamaytiradi . Bundan tashqari astma, oziq-ovqat allergiyasi va qandli diabet xavfini kamaytirish uchun ham aynan chaqaloqlarni toʻliq ona suti bilan boqish kerak . Emizish, shuningdek, kognitiv rivojlanishni yaxshilashi va kattalarda orasida ommalashib borayotgan semirishni kamaytirishi ilmiy isbotlangan .

Emizishning ona uchun foydali tomonlari: tugu’ruqdan keyingi qon yoʻqotishni kamaytiradi, bachadon tonusini oshiradi, tugʻruqdan keyingi depressiyani oldini oladi . Koʻkrak suti bilan boqish qayta hayz koʻrishni kechiktiradi bu esa kutilmagan homiladorlikdan onani himoya qiladi bu jarayon laktatsiya amenoreya deb nomlanadi. Onaning oʻz chaqalogʻini emizishi juda ham kuchli sogʻlomlashtiruvchi taʼsirga ega boʻlib koʻkrak saratoni havfini kamaytiradi, yurak-qon tomir kasalliklari, qandli diabet, metabolik sindrom va revmatoid artrit bilan kasallanish havfini kamaytirishi isbotlangan . Koʻkrak suti bilan boqish iqtisodiy tomondan ham anchagina arzonroq .

Emizish oʻrtacha 30-45 daqiqa davom etadi, asta sekinlik bilan chaqaloq soʻrish-yutish-nafas olish aktini oʻrganib boradi. Lekin bolaning emish koʻnikmalari shakllanishi hamda onaning sut yoʻllari kengroq ochilishi hisobiga emizish davomiyligi qisarib boradi yaʼni endi bola 30-45 daqiqa emas balki kamroq vaqt ichida oʻziga kerakli boʻlgan sut miqdorini sut bezlaridan ajratib oladi. Shu sababli ham bola 6 oylik boʻlganida 10-15 daqiqa emadi holos . Toʻgʻridan-toʻgʻri koʻkrak suti bilan boqishning iloji boʻlmaganda, koʻkrakni boʻshatish uchun sut turli maxsus pompalar orali soʻrib olinadi, bu esa sutning koʻkrak ichida achib qolishini hamda koʻkrak infektsiyasidan himoyalanish uchun zarur. Bu usul koʻkrakni sut bilan toʻlib ketishi yoki umuman sut ishlab chiqarish funksiyasini normal holatda saqlab turish uchun muhim va zarurat boʻlganda bola yana koʻkrak sutiga qaytarilishi mumkin . Bazi holatlarda bola ona sutidan ajratilishi kerak boʻladi, masalan tinchlantiruvchi dori qabul qilayotgan onalar emizishi mumkin emas, lekin hozirda koʻpgina dori vositalari ichish vaqtida emizishga qarshi koʻrsatmalar mavjud emas. Soʻngi izlanishlar shuni koʻrsatadiki, COVID-19 infeksiyasi ona suti orqali yuqishi mumkin emas . Tamaki chekish va cheklangan miqdordagi spirtli ichimliklar, qahva isteʼmol qilish emizishga salbiy tasir koʻrsatmaydi.

Sut hosil boʻlish fiziologiyasi




Koʻkrak bezlarining rivojlanishi balogʻat yoshidanoq boshlanadi. Dastlab sut yoʻllari, yogʻ hujayralari va biriktiruvchi toʻqimaning faollashuvi boshlanadi. Koʻkrakning bezing kattaligi yogʻ hujayralarining soniga bogʻliq. Koʻkrak bezining hajmi onaning emizish koʻnikmalariga hamda koʻkrakdan ishlab chiqariladigan sut miqdoriga bogʻliq emas yaʼni koʻkrak bezi kichik boʻlsa ham yetarlicha sut ishlab chiqarishi mumkin. Koʻkrak bezida hosil boʻlish jarayoni laktogenez deb ataladi va u 3 bosqichdan iborat. Birinchi bosqich homiladorlik davrida sodir boʻlib, bu davrda koʻkrakning rivojlanishi va ilk sutini ishlab chiqarilishi sodir boʻladi, bu sutning hajmi kam lekin ozuqa moddalarga juda boy boʻladi. Bolaning platsentadan ajralishi bilan sut hosil boʻlishining ikkinchi jarayoni boshlanadi va bu jarayonda hosil boʻladigan sut toki uchinchi bosqich boshlangunicha ishlab chiqariladi. Sut ishlab chiqarishning uchinchi bosqichi tugʻuruqdan bir necha hafta oʻtgandan keyin sihlab chiqarila boshlanadi va bu jarayon 2 yilgacha davom etadi. Bu bosqich laktogenezning ikkinchi bosqichidan farq qiladi, u markaziy ravishda (miyada) platsenta tugʻilgandan keyin tabiiy ravishda paydo boʻladigan gormonal aloqa zanjirlari bilan tartibga solinadi.

Koʻkrak suti ikkita asosiy tarkibiy qismlardan iborat: ozuqaviy qismi va biologik faol qismi, yaʼni chaqaloqqa ovqatlanishdan tashqarida yordam beradigan fermentlar, oqsillar, antikorlar.

Ozuqaviy qismi



Koʻkrak sutidagi ozuqaviy moddalarning miqdori bolaning ehtiyojini qoplash uchun toʻliq yetadi. Koʻkrak sutiga ozuqa moddalari ona organizmidan oʻtadi. U chaqaloqning yoshiga mos, oʻsishi va rivojlanishi uchun zarur boʻlgan, yogʻ, shakar, suv va oqsilning kerakli miqdorini oʻzida saqlaydi. Shuni yodda tutish kerakki, ona sutining ozuqaviy tarkibiga turli omillar, jumladan, homiladorlik davri, chaqaloqning yoshi, onaning yoshi, onaning zararli odatlari: chekishi, spirtli mahsulotlar ichishi kabilar taʼsir koʻrsatadi.

Biologik faol qismi



Ona sutining ozuqaviy tarkibidan tashqari, ona suti chaqaloqning oʻsishi va rivojlanishini qoʻllab-quvvatlovchi fermentlar, antitelolar va boshqa moddalar ham mavjud. Ona sutining biologik faol qismi bolaning sogʻlom rivojlanishida juda ham muhim hisoblanadi. Masalan, chaqaloq yuqori nafas yoʻllari infektsiyasidan va boshqa turli infeksiyalardan zararlanmasligi uchun ona suti taarkibidagi antitelolar juda ham muhim hisoblanadi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz