Ko`krak bo`shlig`i




Koʻkrak boʻshligʻi - sut emizuvchi hayvonlar gavda boʻshligʻining oldingi (odamlarda — yuqori) qismi. Koʻkrak boʻshligʻi seroz parda — plevra bilan qoplangan. Koʻkrak boʻshligʻida nafas yoʻllari: kekirdak (koʻkrak qismi), bronxlar, oʻpka, qizilungach (koʻkrak qismi), koʻks orayaigʻi, yurak, ayrisimon bez va boshqa joylashgan. Koʻkrak boʻshligʻi dan qon tomirlar, limfa yoʻllari va nervlar oʻtadi. U qorin boʻshligʻidan diafragma bilan ajralgan. Koʻkrak kafasining shakliga va diafragmaning holatiga qarab, Koʻkrak boʻshligʻining shakli har xil boʻladi.

Manbalar






uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz