Koʻkrak bezi saratoni
Koʻkrak saratoni - bu sut bezlari toʻqimalarida vujudga keladigan oʻsimta. Kasallik belgilari: sut bezlari hajmi, shakli yoki tashqi koʻrinishidagi oʻzgarishlar, terining oʻzgarishi, koʻkrak atrofidagi toʻqimalardan farq qiladigan zich hosila paydo boʻlishi, koʻkrak yoki uning bir qismining qizarishi, yoxud koʻkrakdan keladigan suyuqlikning oʻzgarishi. Kasallik ildiz otib,chuqurlashganda esa, suyak ogʻrigʻi shishgan limfa tugunlari, nafas qisilishi yoki sargʻish teri (koʻkrak yoki butun tananing sargʻayishi) belgilari kuzatilishi mumkin.
Koʻkrak bezi saratoni rivojlanishi uchun xavf omillari orasida semizlik, jismoniy faollikning yetishmasligi, alkogolizm, menopauza davridagi gormonlarni almashtirish terapiyasi, ionlashtiruvchi nurlanish, birinchi hayz koʻrishning erta boshlanishi, yo kechikishi, yo umuman boʻlmasligi, naslida shu kasallik bilan ogʻrigan bemorning boʻlishi, taxminan 5-10% hollarda odamning ota-onasidan meros boʻlib oʻtgan genetik moyillik natijasidir, jumladan, BRCA1 va BRCA2 genlarida mutatsiyalar mavjudligi bu kasallikning xavf omili hisoblanadi. Koʻkrak saratoni koʻpincha sut yoʻllarining shilliq qavati hujayralarida va bu kanallarni sut bilan taʻminlaydigan lobullarda boshlanadi. Kanallarda rivojlanayotgan saratonlar duktal karsinomalar, lobullarda rivojlanayotganlar esa lobulyar karsinomalar deb nomlanadi. Shuningdek, koʻkrak bezi saratonining yana 18 dan ortiq boshqa kichik turlari mavjud. Masalan, in situ duktal karsinoma, preinvaziv lezyonlarda rivojlanadi. Koʻkrak bezi saratoni tashxisi tegishli toʻqimalardan biopsiya olish bilan tasdiqlanadi. Tashxis qoʻyilgach, saraton koʻkrakdan tashqariga tarqaldimi yoki yoʻqligini aniqlash uchun qoʻshimcha testlar oʻtkaziladi va qaysi davolash usullari samaraliroq boʻlishi aniqlanadi.
Tamoksifen yoki raloksifen preparatlari kasallik rivojlanish xavfi yuqori boʻlganlarda koʻkrak bezi saratonining oldini olish uchun ishlatilishi mumkin. Ikkala koʻkrakni jarrohlik yoʻli bilan olib tashlash baʻzi yuqori xavfli holatlarda ayollarda yana bir profilaktika chorasidir. Saraton kasalligi tashxisi qoʻyilgan bemorlarda jarrohlik, radiatsiya terapiyasi, kimyoterapiya, gormonal terapiya va maqsadli terapiya kabi bir qator davolash usullari qoʻllanilishi mumkin. Jarrohlik turlari koʻkrakni saqlash operatsiyasi, vamastektomiyani oʻz ichiga oladi. Koʻkrakni qayta tiklash operatsiya vaqtida yoki keyinroq ham amalga oshirilishi mumkin. Saraton tananing boshqa qismlariga tarqalib ketgan odamlarda davolanish asosan bemor hayotini yaxshilashga va kasallikni yengillashtirishga qaratilgan boʻladi. Chunki kasallik ildiz otgan tanada sogʻayish darajasi past boʻladi.
Koʻkrak bezi saratoni kasallikning darajasiga va odamning yoshiga qarab farq qiladi. Angliya va Amerika Qoʻshma Shtatlarda besh yillik omon qolish(kasallik aniqlangandan soʻng besh yil yashash) darajasi 80 dan 90% gacha. Rivojlanayotgan mamlakatlarda besh yillik omon qolish darajasi esa juda past. Koʻkrak bezi saratoni ayollarda saratonning yetakchi turi hisoblanib, dunyo boʻylab kasallangan ayollarning 25% ni aynan koʻkrak bezi saratoni bilan oʻgrigan ayollar tashkil qiladi. 2018-yilda bu kasallik 2 million ayolda aniqlangan va 627 000 oʻlimga sabab boʻlgan.
Belgilari va simptomlari
Koʻkrak bezi saratoni ko’pincha bo’lak hujayralar (sut ishlab chiqaradigan bezlar) yoki kanallarida (bo’laklarda hosil bo’lgan sut ko’krak uchiga keladigan yo’llar)da boshlanadi. Kasallika chalinganlarning 80% dan yuqorisi barmoq uchlari bilan bunday boʻlakni aniqlay oladi. Biroq, koʻkrak saratoni eng erta aniqlash mamogramma orqali amalga oshiriladi. Shuningdek, qoʻltiq ostidagi limfa tugunlarida paydo boʻlgan boʻlaklar ham koʻkrak bezi saratonining belgisi boʻlishi mumkin. Koʻkrak bezi saratonining belgilari boshqa koʻkrak toʻqimalaridan farqli ravishda qalinlashishi, bir koʻkrakning kattalashishi yoki pastroq boʻlishi, koʻkrak shaklini oʻzgarishi, koʻkrak uchining ichkariga tortilishi, terining burishishi, koʻkrak ustida yoki atrofida toshmalar boʻlishi, koʻkrak yoki qoʻltiqning bir qismida doimiy ogʻriq va shish kuzatilishi mumkin. Bunday ogʻriqlar ("mastodiniya") koʻkrak bezi saratoni mavjudligini yoki yoʻqligini aniqlashda ishonchsiz vositadir, ammo koʻkrak sogʻligʻi bilan bogʻliq boshqa muammolarni koʻrsatishi mumkin.Yalligʻlanishli koʻkrak bezi saratoni kamdan-kam uchraydigan (faqat koʻkrak bezi saratoni tashxisining 5% dan kamrogʻida kuzatiladi), ammo koʻkrakning yuqori qismida shishgan, qizarib ketgan joylar bilan tavsiflangan koʻkrak bezi saratonining xavfli turidir. Yalligʻlanishli koʻkrak bezi saratoni saraton hujayralari tomonidan limfa tomirlarining tiqilib qolishi natijasida yuzaga keladi. Koʻkrak bezi saratonining bu turi koʻproq yosh ayollarda yoki semiz ayollarda uchraydi. Yalligʻlanishli koʻkrak saratoni shish shaklida boʻlmagani uchun baʻzida tashxis qoʻyishda kechikish boʻlishi mumkin.
Xatarli oʻsmalar metastatik oʻsmalarga olib kelishi mumkin - ikkilamchi oʻsmalar (birlamchi oʻsimtadan kelib chiqadi), ular kelib chiqish joyidan tashqariga tarqaladi. Koʻkrak bezi saratonining metastatik belgilari metastazning joylashishiga bogʻliq boʻladi. Metastazning umumiy joylari suyak, jigar, oʻpka va miyani oʻz ichiga oladi. Saraton bunday holatga yetganida, u saratonning 4-bosqichi sifatida tasniflanadi, bu bosqich saratoni koʻpincha oʻlimga olib keladi. Saraton 4-bosqichining umumiy alomatlariga sababsiz vazn yoʻqotish, suyak va boʻgʻimlardagi ogʻriqlar, sariqlik va nevrologik alomatlar kiradi. Ushbu belgilar oʻziga xos boʻlmagan belgilar deb ataladi, chunki ular saratondan boshqa koʻplab kasalliklarda ham namoyon boʻlishi mumkin.
Xavf omillari
Xavf omillarini ikki toifaga boʻlish mumkin:
Koʻkrak bezi saratoni uchun asosiy xavf omillaridan biri, bu kasallik ayollarda uchrashi boʻlsa, ikkinchisi yoshi katta ayollarda kasallikka chalinish darajasining yuqoriligidir. Shuningdek, taʻsir oʻtkazib boʻlmaydigan xavf omillariga irsiyat, tugʻmaslik (homila boʻlmasligi), baʻzi gormonlar darajasining yuqoriligi, parhez va semirish kiradi.
Agar barcha insonlar sogʻlom turmush tarziga rioya qilib yashashsa, jumladan, spirtli ichimliklarni isteʻmol qilmaslik, sogʻlom tana tuzilishini saqlash, hech qachon chekmaslik, sogʻlom ovqat isteʻmol qilish va boshqa harakatlarni bajarishsa, butun dunyo boʻylab koʻkrak bezi saratoni holatlarining deyarli toʻrtdan bir qismini oldini olish mumkin edi. Ammo koʻkrak bezi saratoni holatlarining qolgan toʻrtdan uch qismini turmush tarzini oʻzgartirish orqali oldini olish mumkin emas.
Hayot tarzi
Spirtli ichimliklarni ichish koʻkrak bezi saratoni xavfini oshiradi, hatto juda oz miqdorda isteʻmol qiluvchilar orasida ham (kuniga bitta spirtli ichimlikning yarmidan oz qismini ichadigan ayollarda) bu kasallik uchrab turadi. Koʻp miqdorda ichuvchilar orasida esa kasallika chalininsh xavfi eng yuqori darajada boʻladi. Dunyo miqyosida koʻkrak bezi saratonining har 10 holatidan biri spirtli ichimliklarni isteʻmol qilgan ayollardan kelib chiqadi. Spirtli ichimliklarni isteʻmol qilish oʻzgartirilishi mumkin boʻlgan eng keng tarqalgan xavf omillaridan biridir. Tamaki chekish ham koʻkrak saratoni kasalligiga chalinish xavfini oshiradi, ayniqsa, chekish miqdori qancha koʻp boʻlsa va chekish qanchalik erta boshlangan boʻlsa, xavf shunchalik yuqori boʻladi. Uzoq muddatli chekuvchilarda kasallikka chalinish xavfi nisbiy darajada 35% dan 50% gacha oshadi. Taxminan 10% hollarda jismoniy faollikning yetishmasligi bilan ham bu kasallik kelib chiqadi. Uzoq vaqt davomida muntazam ravishda oʻtirish koʻkrak bezi saratoniga chalingan bemorning oʻlim xavfini orttiradi. Garchi mashqlar sabab kasallik yengilmasada, lekin oʻlim xavfi kamayadi.Koʻkrak suti bilan boqish saratonning bir qancha turlari, shu jumladan koʻkrak bezi saratoni xavfini ham kamaytiradi. 1980 -yillarda oʻtkazilgan tadqiqodlarda abort koʻkrak saratoni rivojlanish xavfini oshirishi aniqlandii.
Genetika
Kasallanganlarning 5-10% ni asosiy sababi genetika ekanligi tasdiqlangan. Agar onasiga 50 yoshdan oldin tashxis qoʻyilgan boʻlsa, uning qiz farzandida xavf 1,7% ga, agar onasiga 50 yoki undan keyin tashxis qoʻyilgan boʻlsa xavf 1,4% ga oshadi. Boshqa genetik moyilliklarga koʻkrak toʻqimalarining zichligi va gormonal darajalar kiradi. Koʻkrak qafasi zich boʻlgan ayollarda shish paydo boʻlish ehtimoli koʻproq va koʻkrak bezi saratoni tashxisi kechroq aniqlanadi - chunki zich toʻqimalar oʻsmalarni mammogrammalarda toʻsib qoʻyadi. Bundan tashqari, tabiiy ravishda estrogen va progesteron darajasi yuqori boʻlgan ayollarda shish paydo boʻlish xavfi yuqori darajada boʻladi.
Tibbiy sharoitlar
Qandli diabet ham koʻkrak bezi saratoni xavfini oshirishi mumkin. Koʻkrak saratonining asosiy sabablaridan yana biri gormonlar darajasi bilan bogʻliqligidir. Koʻkrak saratoni estrogen gormoni sabab rivojlanadi. Ushbu gormon balogʻatga yetishish, hayz koʻrish va homiladorlik davrida koʻkrak rivojlanishini faollashtiradi. Qondagi prolaktin darajasining oshishi ham koʻkrak saratoni xavfini oshiradi.
Patofiziologiya
Koʻkrak bezi saratoni, boshqa saratonlar kabi, atrof-muhit (tashqi) omil va genetik jihatdan kasallikka moyil boʻlgan hujayra oʻrtasida yuzaga keladi. Oddiy hujayralar sogʻlom holatda koʻp marta boʻlinadi va toʻxtaydi. Ular boshqa hujayralarga birikadi va toʻqimalarga yopishadi. Hujayralar harakatni toʻxtatganda, yaʻni, boʻlinishni toʻxtatish, boshqa hujayralarga yopishish, oʻz joyida qolish va oʻz vaqtida oʻlish kabi qobiliyatni yoʻqotganda saratonga aylanadi. Oddiy hujayralar organizmga kerak boʻlmaganda oʻz-oʻzini yoʻq qilishga qodir boʻladi (dasturlashtirilgan hujayra oʻlimi). Shu vaqtgacha hujayralar bir nechta protein klasterlari va yoʻllari bilan dasturlashtirilgan oʻlimdan himoyalangan. Himoya yoʻllaridan biri PI3K / AKT yoʻlidir; boshqasi - RAS / MEK / ERK yoʻli. Baʻzida bu himoya yoʻllari boʻylab genlar mutatsiyaga uchrab, ularni doimiy ravishda "yoqadi" va hujayra endi kerak boʻlmaganda oʻz-oʻzini yoʻq qilishga qodir emas. Bu boshqa mutatsiyalar bilan birgalikda saratonni keltirib chiqaradigan bosqichlardan biridir. Odatda, hujayra dasturlashtirilgan hujayra oʻlimiga tayyor boʻlganda, PTEN oqsili PI3K/AKT yoʻlini oʻchiradi. Baʻzi koʻkrak saratonlarida PTEN oqsili geni mutatsiyaga uchraydi, shuning uchun PI3K/AKT yoʻli "yoqilgan" holatda qoladi va saraton hujayrasi oʻzini oʻzi yoʻq qilmaydi.
Diagnostika
Koʻkrak bezi saratonining koʻp turlarini koʻkrakning taʻsirlangan qismidan namuna olish yoki biopsiyani mikroskopik tahlil qilish orqali aniqlash mumkin. Bundan tashqari, maxsus laboratoriya tekshiruvlarini talab qiladigan koʻkrak bezi saratoni turlari ham mavjud. Eng koʻp qoʻllaniladigan ikkita skrining usuli: tibbiy yordam koʻrsatuvchi provayder tomonidan koʻkrakni fizik tekshiruvdan oʻtkazish va mammografiya. Agar bu tekshiruvlar natijasiz boʻlsa, shifokor tashxisni aniqlashga yordam berish uchun mikroskopik tahlil qilish (nozik igna aspiratsiyasi yoki nozik igna aspiratsiyasi va sitologiya, FNAC deb nomlanuvchi protsedura) boʻlak ichidagi suyuqlik namunasini olishi mumkin. Igna aspiratsiyasi tibbiy xizmat koʻrsatuvchining ish joyida yoki klinikada amalga oshirilishi mumkin. Jarayon davomida ogʻriqni oldini olish uchun mahalliy anestetikdan foydalanish mumkin. Shaffof suyuqlik topilganda, uning saraton boʻlishi ehtimoli kamroq, ammo qonli suyuqlik saraton hujayralari borligini bildirishi mumkin. Shuning uchun qonli suyuqlik mikroskopik tahlilga yuboriladi va aniqlik kiritiladi.
Tasniflash
Koʻkrak bezi saratoni bir nechta tasniflash tizimlari boʻyicha tasniflanadi. Ularning har biri prognozga taʻsir qiladi.
Skrining
Koʻkrak bezi saratoni skriningi, erta tashxis qoʻyish maqsadida sogʻlom ayollarni tekshirish uchun yaratilgan. Skrining tekshiruvi testining koʻkrakni klinik tekshirish, mammografiya, genetik skrining, ultratovush va magnit-rezonans tomografiya kabi bir qator turlari mavjud. Koʻkrakni klinik yoki oʻz-oʻzidan tekshirish koʻkrakda boʻlaklar yoki boshqa anormalliklarni his qilishni oʻz ichiga oladi. Koʻkrakni klinik tekshiruvlar tibbiy yordam koʻrsatuvchi provayderlar tomonidan amalga oshiriladi, oʻz-oʻzidan koʻkrak tekshiruvi esa odamning oʻzi tomonidan amalga oshiriladi. Dalillar har ikkala turdagi koʻkrak tekshiruvining samaradorligini tasdiqlamaydi, chunki boʻlak topilishi uchun yetarlicha katta boʻlganda, u bir necha yil davomida oʻsib boʻlgan va shuning uchun tez orada imtihonsiz topilishi mumkin boʻlgan darajada katta boʻladi. Koʻkrak bezi saratoni uchun mammografik skrining rentgen nurlari yordamida koʻkrakni har qanday xarakterli boʻlmagan massalar yoki boʻlaklar mavjudligini tekshiradi. Skrining paytida koʻkrak siqiladi va texnik bir necha burchakdan suratga tushadi. Umumiy mammogramma butun koʻkrakni suratga oladi, diagnostik mamogramma esa maʻlum bir boʻlak yoki muammoli qismnigina suratga oladi. Bir qator milliy organlar koʻkrak saratoni skriningini tavsiya qiladi. AQSh profilaktika xizmatlari boʻyicha ishchi guruhi va Amerika shifokorlar kolleji 50 yoshdan 74 yoshgacha boʻlgan ayollarga har ikki yilda bir marta mammografiya qilishni tavsiya qiladi, Evropa Kengashi koʻpgina dasturlar bilan 50 dan 69 yoshgacha boʻlgan mammografiyani tavsiya qiladi. 2 yillik chastotadan foydalangan holda. Yevropa Komissiyasi har 2-3 yilda 45 dan 75 gacha mammografiyani tavsiya qiladi. Kanadada esa 50 yoshdan 74 yoshgacha 2 yildan 3 yilgacha boʻlgan chastotada skrining tavsiya etadi. Ishchi guruhning ushbu hisobotlari shuni koʻrsatadiki, keraksiz jarrohlik va tashvishga qoʻshimcha ravishda, tez-tez mamogramma qilish xavfi nurlanish taʻsirida koʻkrak bezi saratonining kichik, ammo sezilarli darajada oshishini oʻz ichiga oladi.
Ayollar sogʻlom vaznni saqlash, spirtli ichimliklarni isteʻmol qilishni kamaytirish, jismoniy faollikni oshirish va emizish orqali koʻkrak saratoni xavfini kamaytirishi mumkin. Ushbu modifikatsiyalar AQSHda 38%, Buyuk Britaniyada 42%, Braziliyada 28% va Xitoyda 20% koʻkrak saratonining oldini olishi aniqlangan.Tez yurish kabi moʻtadil mashqlarning afzalliklari barcha yosh guruhlarida, shu jumladan postmenopozal ayollarda ham kuzatiladi. Yuqori darajadagi jismoniy faollik koʻkrak saratoni xavfini taxminan 14% ga kamaytiradi. Muntazam jismoniy faoliyatni ragʻbatlantiradigan va semirishni kamaytiradigan strategiyalar yurak-qon tomir kasalliklari va diabet xavfini kamaytirish kabi boshqa afzalliklarga ham ega boʻlishi mumkin.
Jarrohlik
Jarrohlik oʻsimtani, odatda, atrofdagi toʻqimalarning bir qismi bilan birga jismoniy olib tashlashni oʻz ichiga oladi. Jarrohlik paytida bir yoki bir nechta limfa tugunlari biopsiya qilinishi mumkin; tobora koʻproq limfa tugunlaridan namuna olish sentinel limfa tugunining biopsiyasi bilan amalga oshiriladi.
Operatsiyalarga quyidagilar kiradi:
Oʻsimta olib tashlangandan soʻng, agar odam xohlasa, davolangan joyning estetik koʻrinishini yaxshilash uchun koʻkrakni qayta tiklash operatsiyasi, plastik jarrohlik turi, amalga oshirilishi mumkin.
Dori-darmonlar
Jarrohlikdan keyin va qoʻshimcha ravishda qoʻllaniladigan dorilar adjuvan terapiya deb ataladi. Operatsiyadan oldin kimyoterapiya yoki boshqa turdagi terapiya neoadjuvan terapiya deb ataladi. Aspirin boshqa davolash usullari bilan qoʻllanilganda koʻkrak bezi saratonidan oʻlimni kamaytirishi mumkin. Hozirgi vaqtda koʻkrak bezi saratonini davolash uchun uchta asosiy dorilar guruhi qoʻllaniladi: gormonlarni blokirovka qiluvchi vositalar, kimyoterapiya va monoklonal antikorlar.
Tarix
Koʻkrak bezi saratonining eng qadimgi topilgan dalillari Misrda boʻlib, 4200 yil oldin, Oltinchi sulolaga tegishli. Qubbet al-Hava nekropolidagi ayol qoldiqlarini oʻrganish metastatik tarqalish tufayli odatiy halokatli zararni koʻrsatdi. Edvin Smit papirusida koterizatsiya yoʻli bilan davolangan sakkizta oʻsma yoki koʻkrak yarasi tasvirlangan. Yozuvda kasallik haqida shunday deyilgan: "Hech qanday davolash yoʻq". Asrlar davomida shifokorlar oʻzlarining amaliyotlarida shunga oʻxshash holatlarni bir xil xulosa bilan tasvirlab berishgan. Qadimgi tibbiyot, yunonlar davridan 17-asrgacha, gumoralizmga asoslangan va shuning uchun koʻkrak saratoni odatda tanani boshqaradigan asosiy suyuqliklardagi nomutanosiblik, ayniqsa qora safroning koʻpligi tufayli yuzaga keladi, deb ishonishgan. Shu bilan bir qatorda, bu ilohiy jazo sifatida koʻrilgan.
Yana qarang
Manbalar
Andoza:Medical resources
uz.wikipedia.org