KO’KQARG’ALAR



KO’KQARG’ALAR (Coraciidae) – balchiqchisimonlar turkumiga mansub qushlar oilasi. O’tkir yoki keng tumshug’ining uchki qismi ilmoqqa o’xshab qayrilgan. Pat rangi qo’ng’ir va qizg’ish aralash yashil-zangori tusda. Uchganida baland ovoz chiqaradi. 2 urug’i (ko’kqarg’alar, keng og’izlilar), 11 turi bor. Janubiy Yevropa, Afrika, Osiyo va Avstraliyada tarqalgan. O’zbekistonda ko’kqarg’a (Coracias garrulus L.) hamma joyda uchraydi. Ko’kqarg’alar tanasining uzunligi o’rtacha 34 santimetr. Uchib ketuvchi qush. Afrikada qishlaydi. Daraxt kovaklariga, Janubda — jarliklarga in quradi. 4-6 ta tuxum qo’yadi. Asosan, hasharotlar, kuzda mevalar bilan oziqlanadi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz