Kokkomikoz




Kokkomikoz — danakli meva daraxtlarida Cocomyces hiemalis zamburugʻlari qoʻzgʻatadigan kasallik. Asosan, oʻsimlik barglari kasallanadi. May oyining oxiri — iyun oyi boshlarida bargning ustki qismida koʻp miqdorda mayda (0,5—2 mm) toʻq qoʻngʻir dogʻlar paydo boʻlib, soʻngra dogʻlar kengayib, bir-biri bilan qoʻshilib ketadi. Mevalarda esa yirik jigarrang-oqish dogʻlar hosil boʻladi. Oʻlgan toʻqima toʻkilib ketgach, oʻrnida mayda teshikchalar hosil boʻladi, kasallik kuchli kechganda barglar toʻkilib ketadi. Bahorda yomgʻirning koʻp yogʻishi, shudring , past harorat (21° atrofida) kasallikning avj olishiga qulaylik yaratadi. Kurash choralari: toʻkilgan barglarni yigʻib olish va yoʻqotish; daraxtlarga kurtaklar boʻrtishiga qadar mis kuporosi (3—4%), nitrafen (3%) purkash; kurtaklar boʻrtishigacha, guldan tushishi bilan va undan keyin 15—20 kun oʻtgach, bordo suyukligi, mis xlor oksidi, koʻzan, kaptan, sineb kabi fungitsidlarning birortasi bilan ishlov berish.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz