Kokklar




Kokklar (yun. kokkos — don, sharcha) — harakatsiz sharsimon bakteriyalar. Ular sferasimon, ellipssimon, noʻxatsimon va boshqa koʻrinishlarda uchraydi. Diametri 0,5—4,0 mkm. Sporalar hosil qilmaydi. Hujayralarning boʻlinish soni va ularning bir-biriga nisbatan joylashish tartibiga qarab quyidagi shaqllari farq qilinadi: mikrokokklar, diplokokklar, streptokokklar, tetrakokklar, sarsinalar, stafilokokklar. Koʻpchilik K. grammusbat, ayrimlari grammanfiy. Tabiatda keng tarqalgan. Yashash sharoitiga koʻra, aerob yoki anaerob boʻladi. Tuprokda, suvda, havoda yashaydigan aksari K. (saprofitlar) odatdagi sharoitda zararsiz. Patogen turlari yalligʻlanish va yiringli kasalliklarni qoʻzgʻatadi.

Manbalar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz