Kokilai kalon guzari




Kokilai kalon — Buxoro shahrining Shayx Rangrez qismida joylashgan qadimiy guzar.

Tarixi



Bu guzar ilk marotaba vaqf hujjatlarida XVII asrda roʻyxatga olingan. 1927—yilgi hisobotlarga koʻra guzarda 90 ta uyda (1929—yilda 108 ta uy) 450 kishi istiqomat qilgan. Koʻchada istiqomat qilivchilarning katta qismini boshqa yurtlarga qatnovchi savdogarlar va mayda hunarmandlar tashkil qiladi. Timlarda va toqlarda ularning doʻkonlari joylashgan. 1929—yilda boshqa guzar bilan birlashtirilib Mexnat nomi berilgan. Aholisining asosiy qismini tojikzabon oʻzbeklar tashkil qilgan. Guzarda 1920—yilda Abdujafarxoʻja tomonidan masjid, madrasa va maktab qurilgan. Bundan tashqari qorilar qur’on oʻqiydigan avratxonalar boʻlgan. Inqilobdan soʻng guzar nomi oʻzgartilgan, masjid va madrasa esa aholiga uy-joy sifatida boʻlib berilgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz