Ko`kbel




Koʻkbel , qizilbosh (Aythya ferina) — oʻrdaqlar oilasining shoʻngʻuvchilar urugʻiga mansub qush. Vazni 0,7—1,3 kg, yaxshi shoʻngʻiydi va soʻzadi. Yevropa, Osiyo, Amerikada tarqalgan, shu qitʼalarning jan.ida, qisman, Afrika (Nil daryosi qavzasi)da qishlaydi. Oʻrta Osiyoda, jumladan, Oʻzbekistonda bahor va koʻzda uchib oʻtayotganda uchraydi, baʼzan qishlab qoladi. Toʻqay va katta koʻllarda yashaydi. Qamishlar orasiga uya qurib, 6—15 ta tuxum qoʻyadi. Oʻsimlik barglari va urugʻlari, mollyuskalar, hasharotlar lichinkasi bilan oziqlanadi. Goʻshti mazali, ovlanadi.

Manbalar






uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz