Koka




Koka (ispancha: Coca gʻarbiy Katalancha talaffuzi: ˈkokə
) — bu pishiriq, obi non va undan tayyorlangan mahsulotlar boʻlib, asosan Kataloniya, Aragon, Valensiya, Balear orollarida, Andorra va Fransiya Kataloniyasi tayyorlab, isteʼmol qilinadi

Etimologiyasi



Kataloncha coca soʻzi Karolinglar davridan germancha koek soʻzidan kelib chiqqan va inglizcha cake va nemischa Kuchen bilan bir xil ildizlarga ega. Xuddi shunday maʼnoli soʻz („tort“) Oksitan tilida mavjud: còca. Koka oshmagan non xamiri tufayli ixtiro qilingan degan fikr bor. Uy bekalari bu xamirni uloqtirmay, bir tekisda pishirib, shirin taʼm qoʻshib, desert sifatida dasturxonga torishgan.

Koka turlari



Koka — bu asosini non tashkil etuvchi har qanday koʻrinishdagi gazak yoki qandolat mahsuloti. Uning oʻlchami 5 sm dan 1 metrgacha oʻzgarishi mumkin. Kokaning turlari koʻp. Asosan toʻrtga boʻlishadi: shirin, nordon, yopiq va ochiq. Ularning barchasi uchun xamir olinib keyin ichi toʻldiriladi. Xamir shirin yoki shoʻr boʻlishi mumkin. Shirin xamir uchun tuxum va shakar qoʻshaman, ikkinchi turi uchun xamirturush va tuz qoʻshiladi. Ichini toʻldirish uchun qirgʻoq boʻylarida baliq va sabzavotlar, materikda esa meva, yongʻoq, pishloq va goʻsht keng tarqalgan. Kokaning ayrim turlari ham shirin, ham shoʻrtak boʻlishi mumkin (odatda bu- goʻsht va meva aralashmasi).

Turli xil koʻrinishlari mavjud:

Mashhur retseptlar



Uzoq roʻyxat orasida eng keng tarqalganlari:

Bayramlar



"Koka (...) mamlakatimiz anʻanalari bilan mustahkam bogʻlangan". Koka — boylar va kambagʻallar orasida keng tarqalgan taom, u Kataloniya oshxonasining asosiy qismidir. Kataloniyada koka bevosita mahalliy bayramlari bilan bevosita bogʻliq.

Bayramlarda, ayniqsa Pasxa (Pasqua), Rojdestvo (Nadal) va Avliyo Ioann (la revetlla de Sant Joan) bayramlarida kokani sotib olish yoki tayyorlash anʼanaga aylangan. Kokaning baʼzi turlari hatto avliyolarning ismlariga ega va oʻsha avliyo kunida isteʼmol qilinadi (masalan, Coca Saint Johnʼs Coca, Coca de Sant Joan). Biroq, koʻp odamlar ularni hech qanday diniy yoki bayram bahonalarisiz yeyishadi. Coca de Recapteni piknik uchun olib ketishadi, chunki „recapte“ odatda shahar tashqarisida oʻtkaziladigan piknik turidir.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz