Ko‘k gumbaz masjidi




Koʻk gumbaz masjidi , Abdullatif masjidi — Oʻratepa (Tojikiston)dagi meʼmoriy yodgorlik (16-asr urtalari). Shayboniyxon sulolasidan, Movarounnahr hokimi Abdullatifxon (1540—51) nomi bilan bogʻliq. Old tomonidagi chuqur ravokli peshtoq (bosh tarzidagi) orqali gumbazli xonaqohga kiriladi. Ikki yon qanotida gʻishtin ustunli, ravokli, gumbazli galereya (xonalar) joylashgan.

Peshtoq va poygumbaz sirtida uyma koshinkor bezaklardan foydalanilgan. Ichki gumbaz osti bagʻallariga mayda ravoqchalar ishlangan. Xonaga yorugʻlik mayda tuynuk ravoqchalar orqali tushadi. Mehrobi serjilo, muqarnasli naqshlarga boy. Izoralari 2 xil rang koshin bilan qoplangan. Xonaqoh devorlariga chuqur ravoqlar ishlangan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz