Ko'hna Ark




Koʻhna ark  – Xivadagi meʼmoriy yodgorlik (17—19-asrlar). Ark XVII asrdan XIX asr o‘rtalarigacha bo‘lgan davr oralig‘ida shakllangan. Ichan qalaning gʻarbiy qismida joylashgan. Koʻhna Ark (tarhi 130 x 93 m)dagi binolar, asosan, 17-asrda Anoʻshaxonning oʻgʻli Arangxon davrida usta, shoir Mavlono Vafoiy tomonidan qurilgan. 1804—06 yillarda qayta tiklab taʼmir etilgan. Koʻhna Ark toʻrt hovliga boʻlinib, atrofi baland paxsa devor bilan oʻralgan. Sharq tomondagi darvozadan oʻng tomondagi yoʻlakka oʻtilib, u orqali saroy masjidi va xonning zarbxonasiga boriladi. Haramxona arkning shim.da, koʻrinishxona gʻarbiy qismida, oʻrtasida Oq shayx bobo koʻshki joylashgan. Darvozaning chap tomonida xonning xizmatkorlari yashaydigan xonalar, omborxona va otxonalar boʻlgan (saqlanmagan).

Arkda Oqshayxbobo nomli ko‘shkning qoldiqlari saqlanib qolgan. Ko‘shk atrofida sekin-asta shahar paydo bo‘lgan. Oxirgi Xiva xonlarining saroylari ham shu yerga qurilgan edi. Qal’aning paydo bo‘lish tarixini Xiva shahrining ham tarixi desa bo‘ladi. Xom g‘ishtdan qurilgan qo‘rg‘on devoir bilan o‘rab olingan arkning hududida hozir faqat XIX asrga oid bir necha bino saqlanib qolgan, xolos. Lekin qadimgi ark shahar ichida o‘ziga xos shahardek edi. Arkda xon va uning oilasi, amaldorlari uchun uy-joylar bo‘lgan.

Arkda ko‘rinishxona (qabulxona), zarbxona, yozgi masjid va haramxona binolaridan tashqari ilgari aslahaxona, o‘q-dori tayyorlaydigan ustaxona va o‘q-dori ombori, xon qarindoshlari va amaldorlari uchun idoralar, oshxona, otxona, zindon va qo‘chqor urushtiradigan maxsus maydon ham saqlanib qolgan.

Ko‘hna Ark atamasi shaharda 1832-1838-yillarda yana shunday bir saroy – Toshhovli bunyod etilgach qo‘llanila boshlangan.

Xonalar qatori birlashib, o‘rtada hovli tashkil etgan. Hovlilarning biridan-biriga o‘tish uchun maxsus yo‘laklar bor.

Ko‘hna Arkda Muhammad Rahimxon qabulxonasiga kirgan bir elchining ma’lum qilishicha, saroy darvozasidan ko‘rinishxonaga borguncha o‘rtada uch hovli bosib o‘tilgan. Arkning darvozasi shahardagi Polvon darvozaga o‘xshash ekan. Darvozaning burjlari tepasida gumbazli fonus bo‘lgan. Mayda ravoqchalar qatori yon tomondagi qal’a devoriga ulanib ketgan edi.

Arkdagi buzilib ketgan xonaning tuzilishi haqida biror fikr yuritish qiyin. Lekin saqlanib qolgan ko‘rinishxona, yozgi va qishki masjid, zarbxona (xazina) va haram binolari qo‘ng‘irot sulolasidan chiqqan dastlabki xonlarning saroylari haqida qisman tasavvur beradi.

Saroy imoratlarining tashqi ko‘rinishi unchalik diqqatni jalb etmaydi. Chunki o‘tmishda bu binolarga boshqa binolar tutashib ketganidan fasadi bekilib ketgan. Binolarning badiiy arxitektura xususiyati va afzalliklarini hovlilardan ko‘rish mumkin. Ayniqsa, Xivaning ajoyib ayvonlari diqqatga sazovor. Har bir ayvon tuzilishida, o‘z o‘rniga qarab, funksiya va badiiy talablar atroflicha yechilgan.

Zarbxona (14,0 x 17,0 m) Muhammad Rahimxon I hukmronligi davrida (1806—25) bunyod etilgan. Gumbazli uchta xonadan iborat. Bu yerda hukmronlik qilayotgan xonning muhri bosilgan tilla, kumush va qarg‘apul chaqalar zarb etilgan.

Masjid (15,8x 12,8 m) va ayvoni (7,4 x 13,0 m) hamda qator xonalar (10,0 x 10,0 m) hovli atrofida joylashgan. Hovlining jan.dagi ayvon shim.ga qaratib qurilgan. Devorlari rangbarang parchinlar bilan bezatilgan. Shiftini ikki qatorli 6 ta ustun koʻtarib turadi. Us tun tepasi qoshlar bilan, poyustuni marmar kursilar bilan bezatilgan. Janubiy devorining oʻrtasida mehrob bor. Jan.-gʻarbiy burchagiga esa minbar oʻrnatilgan. Ayvonning yon tomonidagi eshikdan xonaqohga kiriladi. Uning devori chorsi gʻishtlardan terilgan, bezaksiz. Tomi yogʻoch toʻsinli vassalar bilan yopilgan. Zarbxonaning xonalari pishiq gʻishtdan qurilgan, tomi balxi gumbaz bilan yopilgan (1937-yilda gumbazlari qayta tiklangan).

Koʻrinishxona  – xon qabulxonasi, Arangxon hukmronligi davrida (1686—88) qurilgan. Hozirgi koʻrinishi Eltuzarxon tomonidan barpo etilgan (1804—06). Koshinqori bezaklari Olloqulixon hukmronligi davriga (1825—43) xos. Umumiy oʻlchami 27,8 x 26,9 m. Hovli (13,5 x 17,5 m)ning jan.da shimolga qaratib qurilgan baland ayvon va ikki yonidagi guldastalar koshin-parchinlar bilan bezatilgan. Ayvonning orqa tomonida xon qabulxonasi – taxt turadigan xona joylashgan. Xona devorlari ganchkori naqshlar bilan bezatilgan. Sharqiy devoriga kosamonlar ishlangan. Gʻarbiy devori muqarnasli, u yerda xonning taxti boʻlgan (hozir Moskvadagi qurol-aslaha palatasida saqlanmoqda). Xona shiftlari A. Boltayev va R. Masharipovlar tomonidan qayta taʼmirlangan (1934). Chap tomonidagi eshikdan hovliga chiqilgan. Omborxona, otxona va xizmatkorlar yashaydigan xonalarni (saqlanmagan) koʻrinishxona bilan bogʻlaydigan yoʻlak bor, uning oʻng tomonidagi kichik hujradan zina orqali ikkinchi qanatga chiqilgan. Hovlining gʻarbiy tomonida qator xonalar ikki qanatli boʻlgan (1998—99 yillarda ikkinchi qanati qayta tiklandi). Shim.dagi xonalar 20-asr boshlarida Yevropa uslubida qurilgan. Hovlining oʻrtasida gʻishtdan ishlangan doira shaklidagi supaga chodir tikilib, u yerda xon elchilarni qabul qilgan.

Ko‘rinishxonaning ikki katta ustunli baland ayvoni alohida ajralib turadi. Bu ayvonda tantanali rasmiy qabullar o‘tkazilgan, davlat ishlari hal etilgan. Shuning uchun ham ayvon ko‘rinishli va hashamatli qilib solingan. Haramdagi bir ustunli ayvonlar esa ixchamroq, uy-joy arxitekturasiga xos sodda va xon qabulxonasidagi kabi hashamdor emas. Ko‘p sutunli keng ayvondagi mehrob va minbar binoning yozgi masjid ekanligini ko‘rsatib turibdi.

Ayvon va unga yonma-yon zaldan tashqari, g‘arb tomondan hovliga qator xonalar yondoshgan edi. Bu yarim qorong‘i qo‘sh qavat xonalarda xazina, kutubxona va xonning dam olish joyi bo‘lgan.

Ayvonning sharqidagi kichik xona ilgari hovliga o‘tadigan yo‘lak xizmatini o‘tagan, hovli devorlari qisman qayta qisman qayta tiklangan, biroq devorlarda ilgari ham hozirdagidek hech qanday bezak bo‘lmagan. Shuning uchun ham ko‘rimsiz g‘isht devorlar fonida ayvonning gilamdek rang-barang bezaklari yaqqol ko‘zga tashlanadi, tezda e’tiborni jalb etadi. Devor yuzasi turli xil o‘simlik va geometric shakllarni tasvirlovchi sirkor parchinlar bilan qoplangan. Devorning lojuvard, oq, zangori ranglardan tashkil topgan sirkor bezaklari ayvon shipidagi shingarf zarhali yorqin bo‘yoq naqshlaridan keskin farq etadi. Ko‘hna Arkdagi ayvon va yozlik masjid Olloqulixon davrida (1825 – 1842) yangidan qurilgan ekan. Ayvondagi sirkor bezaklarni ham shu davrga taalluqli deydilar (ayvon shipidagi naqshlar 1933 – 1934-yillarda ta’mirlanib, qayta bo‘yab tiklandi). Shuning uchun ham yozgi masjid va ko‘rinishxonadagi naqshlar sirkor parchinlarni rangvor tuzilishi bir-biriga o‘xshaydi.

Haramxona Muhammad Rahimxon II hukmronligi davrida qurilgan (1865-1910). Umumiy hajmi 62,0 x 32,6 m boʻlib, katta hovli (50,0 x 14,5 m)ning shim. va sharqiy tomonida ikki qanatli qator xona va ayvonlar bor. Shim.dagi ikki qanatli xonalarning birinchi qavati Yevropa uslubida qurilgan, har biri bilan daxliz orqali bogʻlangan. Ikkinchi qanatda qator ustunli ayvonchalar bor. Fapbiy qismidagi ayvon baland qurilgan boʻlib, ikki yonidagi guldastalari bilan ajralib turadi. Guldastalar gumbazi rangli koshinlar bilan qoplangan. Ayvon toʻsinlari va ustunlari, panjaralar Xiva meʼmorligiga xos uslubda bezatilgan. Ayvon va xonalar shifti turli rangdagi boʻyokli naqshlar bilan bezatilgan. Ganchdan kosamonlar va turli naqshlar ishlangan. Hozir haramxonaning bir qismida muzey-qoʻriqxona idorasi joylashgan.

Taxtxona ning devorlarida mahalliy ganchkorlik san’atini ko‘ramiz. Bu o‘ymakorlik badiiylik jihatdan ayvondagi sirkor parchin qoplamalardan ancha past turadi. Xon taxti cho‘ziq zalning eng to‘ridagi dekorativ gumbaz ostida turar edi. Shakli uncha murakkab bo‘lmagan bu taxt yog‘ochdan yasalgan bo‘lib, usti naqshkor kumush bilan qoplangan.

Yozgi va qishki masjidlar hamda zarbxona yagona bino sifatida bir vaqtda qurilgan. Masjidning hovlisi uncha katta emas. Atrofi gumbazli xonalar bilan o‘ralgan. Bu yerda tangalar zarb etilgan.

Oq shayx bobo koʻshki ning umumiy hajmi 60x40 m, balandligi 11 m boʻlib, xom gʻishtdan piramida shaklida sharqqa qaratib qurilgan ikki qanatli ayvon shaklidagi bino (taxminan 2—3-asrlar). 16— 18-asrlarda qayta qurilib, harbiy maqsadlar uchun moslashtirilgan. Koʻshkga ikki minora oʻrtasidagi zinalar (1993—96 yillarda qayta tiklangan) orqali chiqilgan. Hozir Oq shayx bobo koʻshki 19-asr oxiridagi fotosuratlar va ilmiy tadqiqot asosida asl holiga keltirilib, taʼmirlangan.

Abdusafiy Rahmonov.

Manbalar





uz.wikipedia.org

Sun'iy intellekt javobi:

Ko‘hna Ark — bu O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahridagi tarixiy va madaniy yodgorliklardan biridir. Arxitektura va tarix nuqtai nazaridan u juda muhim hisoblanadi. Ko‘hna Ark o‘zining qadimiy devorlari va inshootlari bilan O‘zbekistonning boy tarixini aks ettiradi.

Tarixi

Ko‘hna Ark asosan oʻrta asrlar davrida qurilgan va u Toshkentning qadimiy qismi hisoblanadi. “Ark” so‘zi arab tilidan kirib, “qoya”, “qorishiq”, yoki “kuchli qal’a” ma’nosini anglatadi. Bu yerda Shohlar, hukmdorlar va aholi yashagan, shuningdek markaziy boshqaruv joyi sifatida xizmat qilgan. Ko‘hna Ark xalqaro savdo yo‘llarining kesishgan joyida joylashganligi sababli savdo va madaniy almashinuvning markazi bo‘lgan.

Arxitektura

Ko‘hna Ark devorlari qattiq g‘isht va qum aralashmasidan qurilgan bo‘lib, ular yillar davomida ko‘plab janglar va bosqinlardan saqlab qolindi. Unda qal’a minorasi, kutubxona, ibodatxonalar va saroy inshootlari mavjud bo‘lgan. Binolarning koʻplari me’moriy uslubi Usmonli va Markaziy Osiyo an’analarini o‘zida mujassamlashtirgan.

Madaniy ahamiyati

Bugungi kunda Ko‘hna Ark sayyohlar uchun ochiq bo‘lib, unda turli ko‘rgazmalar, qo‘lyozmalar, qadimiy ashyolar namoyishi va madaniy tadbirlar o‘tkaziladi. Bu joy nafaqat tarixiy yodgorlik, balki O‘zbekistonning boy madaniy merosini saqlovchi maskandir.

Xulosa

Ko‘hna Ark O‘zbekistonning tarixiy qal’asidir, u mamlakatning qadimiy davrlarini, turmush tarzini va madaniyatini o‘rganish uchun muhim manba hisoblanadi. Har yili minglab sayyohlar bu joyga kelib uning boy tarixini o‘rganadilar va qadrlaydilar.

Agar sizga Ko‘hna Ark haqida qo‘shimcha ma’lumot yoki uning aniq bir qismi haqida batafsil ma’lumot kerak bo‘lsa, marhamat, so‘rashingiz mumkin!



Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz