KO’HITANG TIZMASI



KO’HITANG TIZMASI – Pomir Olay tog’ sistemasining Janubi-g’arbidagi tizma. O’zbekiston va Turkmaniston hududida. Boysun tog’ning Janub davomi. Amudaryo vodiysidan Sherobod daryosigacha qariyb 100 kilometrga cho’zilgan. Eng baland joyi 3139 metr. Cho’kindi jinslardan, jumladan ohaktosh va gipsli jinslardan tarkib topgan, karst hodisasi rivojlangan. Tog’ etaklarida efemer o’simlikli chala cho’l, yuqoriroqda tog’ subtropik dashtlari (kserofit butalar, pista) va siyrak archazorlar bor.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz