KO’HISIM



KO’HISIM (forscha — kumush tog’i) — Iloq davlati hududidagi kumush koni (6-11-asrlar). Ohangaron daryosining o’ng qirg’og’ida, Lashkarak va Loyak soylari bo’yida, Ko’hisim shahri xarobasi yaqinida. 20-asrning 20-yillarida Geologlar S. F. Mashkovtsev va A. P. Kirikov va 60-yillarda arxeolog Yu. F. Buryako bu yerda tadqiqotlar olib borgan. Arab geograflari — Istaxriy, Ibn Havqal, Qudama va boshqalarning yozishicha, Ko’hisim o’rta asrlar sharqida eng yirik kumush konlaridan biri bo’lgan. U yerdan eng ko’p kumush qazib olingan davr 7-9-asrlarga to’g’ri keladi. “Shosh koni” degan tamg’a bosilgan tangalar (8-asr) zarbxonasi aynan shu yerda joylashganligi aniqlangan. Ko’hisimdan kon qazuvchi qullar turar joylari va kon qazishda ishlatiladigan asboblar qoldiqlari topilgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz