Kohin




Kohin (arab.) — gʻoyibdan xabar beruvchi, bashoratgoʻy. Islomdan avvalgi Arabistonda vasvasa holatida Alloh yoki uning vakili — farishta yoki jin bilan muloqot qilgan odam shunday deb atalgan. Qabila odamlari biron-bir ish qilishdan oldin uning oqibati qanday boʻlishini K.dan soʻrashgan. Qabiladoshlari Muhammad (sav)ni ham dastlab K. — folbin deb oʻylashgan. Qurʼon oyatlarida (52:29; 69:42) ularning shubhalariga javoban Muhammad (sav) K. — folbin ham, majnun ham emasligi alohida taʼkidlangan. Umuman, islom anʼanasida K.lar kelajak haqida yolgʻon soʻzlovchilar sifatida talqin qilinadi.

Manbalar






uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz