KOGEZIYA



KOGEZIYA (lotincha cohaesus — yopishgan, birikkan) — bir xil jinsli qattiq yoki suyuq jismlarning molekulalararo ta’sirlashuvi natijasida yaxlit jism bo’lib birikishi. Molekulalararo masofa oshgan sari Kogeziya kuchi keskin kamayadi, u gazlarda juda kichik, qattiq jismlarda yetarlicha katta. Kogeziya jismning mustahkamligini ifodalaydi. Qattiq jism parchalanganda (burg’ilanganda, maydalanganda) yoki suyuqliklar sochilganda, Kogeziyaga teskari jarayon sodir bo’ladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz