Kogay Nikolay Andreyevich




Nikolay Andreyevich Kogay (1926.14.9, Rossiyaning Primorye oʻlkasi) — tabiiy geograf, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1980), geografiya fanlari doktori (1972), professor (1974). Oʻrta Osiyo Davlat universitetini (Toshkent) tugatgan (1951). Mehnat faoliyati shu universitetda oʻtgan. Geografiya fakulteti dekani (1975—1983), tabiiy geogr. kafedrasi mudiri (1975—83). Ilmiy faoliyati Oʻrta Osiyo (Turkiston) oʻlkasi hududini regional tabiiy geografik rayonlashtirish, Oʻzbekiston hududini agroiqlimiy sharoitini aniqlash va rayonlashtirish masalalariga bagʻishlangan. Bir qancha harita va geografik atlaslarni nashr qilinishida qatnashgan. As: Turanskaya fiziko-geograficheskaya provinsiya, T., 1969; Agroklimaticheskiye usloviya selskogo hozyaystva Oʻzbekistona, T., 1975 (hammuallif); Fizicheskaya geografiya Sredney Azii, 1—2 t., T., 1978-1979.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz