Kogan Abram Aronovich




Abram Aronovich Kogan (1897.29.5, Moskva — 1982.2.7, Toshkent) — akusher-ginekolog. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1948), tibbiyot fanlari doktori (1939), professor (1940). Moskva universiteti tibbiyot fakultetini tugatgach (1924), shu fakultet akusherlikginekologiya kafedrasida ordinator (1924—27), aspirant (1927—30), Moskva viloyati rayon kasalxonasida, keyinchalik Moskva tez yordam institutida, 1-Moskva tibbiyot instituti va Butunittifoq eksperimental tibbiyot institutida turli lavozimlarda ishlagan (1930— 39), 1940-yildan Toshkent tibbiyot akademiyasi davolash fakulteti akusherlik-ginekologiya kafedrasi mudiri. Ilmiy ishlari akusherlik va ginekologiyaga oid.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz