Koffka Kurt




KOFFKA (Koffka) Kurt (1886. 18.3, Berlin — 1941.22.11, Nortxempton, AQSH) — nemis-amerika psixologi, geshtaltpsixologiya asoschilaridan biri. Gisendagi universitet privat-dotsenti (1911-yildan) va professor (1918—24); 1927-yildan Nortxempton (AQSH)dagi Smit kolleji professor Geshtaltpsixologiyaning xalqaro miqyosda tarqalishiga xizmat qilgan jur. nashr etishda qatnashdi. Bolalarning psixik rivojlanishi muammolariga bagʻishlangan tadqiqotlar olib bordi. Asosiy asarlari: "Psixik rivojlanishning asoslari" (1921), "Idrok: geshtaltnazariyaga kirish" (1922), "Geshtaltpsixologiya prinsiplari" (1935).

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz