Kofe




Qahva (arabcha). qahva daraxtining qovurilgan donlaridan tayyorlanuvchi, keng tarqalgan ichimlikdir. Qahva bilan bogʻliq tijorat IX asrda, Efiopiyada boshlangan. Efiopiyadan u Misr va Yamanga, soʻngra XV asrda Eron, Turkiya hamda shimoliy Afrikaga tarqalgan. Musulmon mamlakatlardan qahva Italiyaga, u yerdan esa Yevropaning boshqa mamlakatlari va Amerikaga yoyilgan.

Qahva daraxtining Coffea canephora va Coffea arabica navlari ekiladi, plantatsiyalar Lotin Amerikasi, Janubi-sharqiy Osiyo va ekvatorial Afrikada joylashgan. Qahva donlari teriladi, saralanadi va quritiladi. Keyin esa 200 °C haroratda qovuriladi, bunda donlardagi uglevodlar quyuqlashadi, rang oʻzgaradi va taʼm paydo boʻladi.

Qahva butunjahon sotilishi hajmi boʻyicha ikkinchi oʻrinda turadi (neftdan keyin).

Yana qarang




Adabiyotlar




Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz