Koševo City stadioni
Koševo City stadioni (Bosniya, Xorvat va serb tillarida: Gradski stadion Koševo / Gradski stadion Koshevo), shuningdek
Koševo Olimpiya stadioni yoki
Stadion Asim Ferhatović — Hase (Stadion Asim Ferhatović Hase / Stadion Asim Ferov) Bosniya va Gertsegovina, Sarayevoning Koshevo mahallasida joylashgan stadion. Uning rasmiy nomi Olimpijski Koševo — Asim Ferhatovich-Xase. Stadion shahar maʼmuriyati tomonidan ochilgan va FK Sarayevo futbol klubiga tegishli. Klub oʻzining sobiq futbolchisi va klub afsonasi Asim Ferhatovich — Xase sharafiga stadion nomini shunday nomlagan. Bu erda 1984- yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarining ochilish marosimi boʻlib oʻtgan.
Qurilishi
Stadion 1947-yilda ochilgan. 1984-yilda u 1984-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlari uchun rekonstruksiya qilingan va shuning uchun koʻpincha Olimpiya stadioni deb ataladi. 2004-yil iyul oyida FK Sarayevo oʻzining sobiq futbolchisi va 1960- yillardagi klub afsonasi Asim Ferhatovich — Xase sharafiga stadion nomini oʻzgartiradi.
Bugungi kunda Koševo stadioning umumiy sigʻimi 34 500 oʻrinni tashkil etadi. Stadion shuningdek, Bosniya va Gersegovina milliy futbol jamoasining uy stadioni edi.
Tarixi
Qurilish ishlari 1947-yilda boshlangan. 1954-yilda Yugoslaviya va Turkiya oʻrtasidagi birinchi xalqaro futbol oʻyini oʻtkazilgan.
Stadion 1998-yilda Bosniya urushidan keyin uchinchi marta taʼmirlandi. Har bir tribunaga stullar qoʻshilishi natijasida stadionning oʻrindiq sigʻimi 34 500 taga yetkazildi.
Stadionga eng koʻp muhlislar tashrifi 1981-1982-yilgi Yugoslaviya Birinchi Ligasining Sarayevo va Jeznichar oʻrtasidagi oʻyinda qayd etilgan. Taxminlarga koʻra, oʻyinga 60 000 ga yaqin odam tashrif buyurgan.
2021-yil aprel oyida stadion FK Sarayevoga keyingi 30-45 yil davomida ishlatish uchun ijaraga berildi va bu stadion FK Sarayevoning haqiqiy mulkiga aylandi.
1984-yil Qishki Olimpiya oʻyinlari
1984-yil 7-fevralda Asim Ferhatovich Xase stadionida 1984-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Buning uchun stadion mukammal taʼmirlandi va kengaytirildi. Marosimlarda 50 mingga yaqin odam tashrif buyurdi. Oʻsha paytda gʻarbiy stendda 18 500 oʻrindiq bor edi.
Konsertlar
Boshqa voqealar
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org