Koenzimlar




Kofermentlar [[[Lotin tili|lotincha]]: co- (cum) - birgalikda va fermentlar], koenzimlar — baʼzi fermentlar tarkibiga kiradigan, oksil xossasiga ega boʻlmagan quyi molekulali organik moddalar. K. apofermentlar bilan birikib, katalitik faol komplekslar hosil qiladi. Kimyoviy tarkibiga koʻra, K. alifatik, aromatik, geterotsiklik va turli organik moddalarga xos; koʻpchilik K. vitaminlar (V,, V2, V6, RR va boshqalar) va nukleotidlarning hosilalaridir. K. hayvon va oʻsimlik organizmlari hujayralarida, mikroorganizmlarda bor. Nikotinamidadenindinukleotid (NAD), nikotin amid adenin dinukleotid fosfat (NADF), tiaminpirofosfat (TPF), flavina-denindinukleotid (FAD), koenzim A (KoA), lipoid kislota, adenozintrifosfat kislota (ATF) va boshqa tabiatda eng koʻp tarqalgan K.dir K. preparatlari (ATF, TPF, FAD)dan tibbiyotda foydalaniladi.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz