KOEFFITSIENT



KOEFFITSIENT (lotincha so — birgalikda, effi ciens —hosil qiluvchi) — algebraik ifodada o’zgaruvchi yoki noma’lum miqdor oldidagi ko’paytuvchi, odatda, o’zgarmas yoki ma’lum mikdorni ifodalaydi. Masalan, 5 ob2 ifodada 5 soni ab2 oldidagi Koeffitsientdir; x3 — ‘rx + q = 0 tenglamada x3 oldidagi Koeffitsient 1 ga, x oldidagi Koeffitsient — ‘r ga teng. Aylana uzunligi formulasi L=2nr dagi 2p soni Koeffitsientdir. To’g’ri chiziq tenglamasi u =kx + b dagi k soni burchak Koeffitsienti deb ataladi. Ko’pgiva Koeffitsient fizika, kimyo, texnika fanlari va boshqalardagi formulalarda maxsus nomlarga ega. Masalan, kengayish Koeffitsienti, ishqalanish Koeffitsienti va hokazolar.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz