Kodaira, Tokio




Kodaira (yaponcha: 小平市 Kodaira-shi?) – Yaponiyadagi Tokio Metropolisining gʻarbiy qismida joylashgan shahar. 2021-yilning 1-aprel holatiga koʻra, shaharning taxminiy aholisi 195.207 kishi. Shaharda 93,654 ta xonadon mavjud. Aholi zichligi har kvadrat kilometrga 9500 kishini tashkil qiladi. Shaharning umumiy maydoni 20.51 kilometr kvadrat.

Geografiyasi



Kodaira Tokio Metropoliteni geografik markazi yaqinidagi Musashino platosida joylashgan.

Qoʻshni munitsipalitetlar



Tokyo Metropoliteni:

Iqlimi



Kodaira nam subtropik iqlimga ega. Yozi issiq va qishi salqin, qor yogʻmaydi. Kodairadagi oʻrtacha yillik harorat 14,0 °C. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1647 mm, eng yomgʻirli oy esa sentyabr hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 25,5 °C atrofida, eng pasti yanvarda – 2,6 °C atrofida.

Demografiyasi



Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Kodaira aholisi 1950 va 1960 yillarda eng tez oʻsish ko'rsatkichlariga ega boʻlgan va hamon oʻsishda davom etmoqda. Oxirgi oʻn yilliklarda oʻsish sur’ati sekinlashgan.

Tarixi



Hozirgi Kodaira hududi qadimgi Musashi provinsiyasining bir qismi boʻlgan. Edo davrida Tamagava akveduki ochilishi orqali asosan aholi yashamaydigan hududlarida dehqonchilik bilan shugʻullanish imkoni yaratilgan.

1878-yil 22-iyul, Meiji Islohotidan keyingi yerni qayta taqsimlash jarayonida, hudud Kanagava prefekturasining Kitatama tumaniga kiritildi. 1889-yil 1-aprelda zamonaviy munitsipalitetlar tizimi yaratilishi bilan Kodaira qishlogʻi tashkil etildi. Kitatama tumani 1893-yil 1-aprelda Tokio metropolisining maʼmuriy nazorati ostiga oʻtdi. Hudud aholisi 1923-yildagi Buyuk Kanto zilzilasidan soʻng, universitetlar va turar-joy binolarining Tokio markazidan koʻchirilishi natijasida keskin oʻsdi. Kodaira 1944-yilda shaharcha maqomiga va 1962-yil 1-oktyabrda shahar maqomiga koʻtarildi.

Hukumati



Kodaira toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan hokim va 28 aʼzodan iborat bir palatali shahar kengashidan tashkil topgan hokim-kengash boshqaruv shakliga ega. Tokio Metropolisi Assambleyasiga Kodairadan ikki nafar aʼzo qoʻshiladi. Milliy siyosat nuqtai nazaridan shahar Yaponiya Dietining Quyi Palatasi nazoratidagi Tokio 18-okrug ma'muriy birligi tarkibiga kiradi.

Taʼlim



Universitetlar




Boshlangʻich, oʻrta va yuqori maktablar



Kodairada Tokio Metropoliteni davlat Taʼlim Kengashi tasarrufidagi 3 ta davlat yuqori maktablarini bor. Shuningdek, nogironlar uchun bitta maxsus taʼlim maktabi ham mavjud.

Kodairada 19 ta davlat boshlangʻich maktabi, 8ta davlat oʻrta maktabi mavjud.

Davlat oʻrta Maktablari:

Davlat boshlangʻich maktablari:

Kodairada ikki xususiy boshlangʻich maktab, uchta xususiy oʻrta maktab va uchta xususiy yuqori maktab mavjud.

Xorijiy taʼlim tashkilotlari filiallari




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz