Koʻcha band




Barrikada (frans.), koʻcha band - koʻcha, yoʻl, koʻprik va togʻ yoʻllarida turli narsalardan (xodalar, qum solingan qoplar, toshlar va boshqalar) quriladigan sunʼiy mudofaa toʻsigʻi. B. qadim zamonlardan bosqinchilarga qarshi qoʻllanilgani maʼlum. Tarixiy manbalarda B. chep deb tilga olinadi. B. 19-asrgacha tosh, qum solingan qop, xoda, qulatilgan daraxtlar va shahri k.dan qurilgan. 20-asrdan aholi yashaydigan joylarni tank va zirhli mashinalardan saqlash uchun maxsus muhandislik toʻsiqlari barpo etila boshlandi. Bunday B. temir-betondan, turli bloklardan yasalib, koʻcha va yullarga shaxmat katagi tartibida 2 — 3 qator quriladi. 1871-yil Parij kommunasi paytida kommunarlar, 1905 — 07-yillardagi rus inqilobi paytida ishchilar tomonidan keng qoʻllanilgan.

Adabiyotlar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz