Kobulning qulashi (2021)
Kobulning qulashi — Afgʻoniston poytaxti Kobul shahrining „Tolibon“ harakati jangarilari tomonidan qamal qilinishi va oxir-oqibat 2021-yil 15-avgustda qoʻlga kiritilishi. Tolibon Kobul shahrini prezident Ashraf Gʻani isteʼfo berib, mamlakatni tark etganidan bir necha soat oʻtib egalladi.
„Tolibon“ va muvaqqat hukumat vakillari oʻrtasida keskin munozaralar davom etmoqda lekin bu munozaralar hukumatning kapitulyatsiyasi bilan tugallanishiga ishonch koʻproq.
„Tolibon“ hokimiyatni tinch yoʻl bilan topshirishni talab qildi va dunyo hamjamiyati tomonidan tan olingan Afgʻoniston hukumati bu talabga boʻysunishga tayyorligini eʼlon qildi va hokimiyatni toʻgʻridan-toʻgʻri „Tolibon“ga emas, muvaqqat hukumatga topshirishini aytdi. NATO kuchlari avvalgidek Kobulda qolishi maʼlum qilindi.
Boshlanishi
2021-yil 1-mayda Amerika harbiylarining katta qismi Afgʻonistondan chiqib ketishi bilan „Tolibon“ va uning hamkorlari keng koʻlamli bosqinni boshlashdi. Tezkor hujumlar oqibatida Afgʻoniston Qurolli kuchlarida parokandalik yuzaga keldi. Avgust oyi oʻrtalarida Afgʻoniston Qurolli kuchlarining faqat 201-korpusi va 111-diviziyasi jangari tayyorgarlikda edi. Mozori-Sharif, Qandahor kabi katta shaharlar toliblar tomonidan birma-bir bosib olindi.
Kobul qulashi arafasida uning toliblar qoʻliga oʻtishi haqidagi taxminlar koʻpayib ketdi. Avgust oyi boshida AQSh rasmiy vakillari rasmiy Kobul „Tolibon“ga bir necha oy qarshilik koʻrsata olishini taxmin qilishgan boʻlsa, Kobul qulashidan besh kun oldin hukumat kuchlari toliblarga yana 30 yoki 90 kun qarshilik koʻrsata oladi deb hisoblangan.
Manbalar
uz.wikipedia.org