KOBULIY
KOBULIY (taxallusi; asl ismi Mir Sayd) (15-a.) — shoir. Kobul amirlaridan bo’lgan Shayx Abu Saidning o’g’li. Alisher Navoiyning tog’asi. Navoiy “Majolis un-nafois” tazkirasida Kobuliyning she’riy iste’dodi yuqori bo’lganligi, she’rlarining aksariyati turkiy tilda ekanligini alohida ta’kidlab ko’rsatgan. Navoiy tazkirasi orqali bizga Kobuliyning bir tuyug’i yetib kelgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz