Kobuldagi Rossiya elchixonasi yaqinidagi portlash
Rossiyaning Kobuldagi elchixonasidagi portlash — 2022-yil 5-sentabrda Afg‘onistonning Kobul shahridagi Rossiya elchixonasida „Islomiy davlat“ terrorchilik guruhining xudkush-terrorchisi tomonidan sodir etilgan teraktdir. Elchixonaga qilingan hujum Tolibon hokimiyat tepasiga kelganidan keyin Afg‘onistondagi xorijiy diplomatik missiyaga birinchi hujum bo‘ldi.
Voqealarning borishi
2022-yil 5-sentabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 10:50da, Rossiya elchixonasi xodimi viza olish uchun ariza beruvchilarni eʼlon qilish uchun navbatda turgan odamlarning oldiga chiqqanidan soʻng, terrorchi elchixonaning konsullik boʻlimiga kirish eshigi yaqinida elchixona qoʻriqchilari tomonidan otib oʻldirilgan va portlash sodir boʻlgan. Rossiya elchixonasining konsullik boʻlimida murojaat etuvchilarni qabul qilish toʻxtatildi. 5 sentabr oqshomida „Islomiy davlat“ terrorchilik tashkiloti elchixonadagi hujum uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga oldi.
Halok boʻlganlar va yaralanganlar
Portlash natijasida kamida 10 kishi halok boʻldi, shu jumladan Rossiya elchixonasining ikki xodimi — mutaxassis-ekspert Kujuget Adigji Sergeevich va ikkinchi kotib Mixail Shax ham, jami, 15-20 kishi yaralangan yoki vafot etgan. 14-sentyabr kuni Rossiya elchixonasining marhum xodimlari vafotidan keyin "Jasorat" ordeni bilan taqdirlandilar.
Tekshiruv
Portlashdan bir necha soat oʻtgach, Tolibonning rasmiy vakili Zabihulloh Mujohid mamlakatning profil xizmatlari tomonidan portlash holatlari boʻyicha tergov boshlanganini eʼlon qildi.
Rossiya Tergov qoʻmitasi raisi Aleksandr Bastrikin Rossiya Tergov qoʻmitasining Bosh tergov boshqarmasiga Rossiya diplomatik missiyasi xodimlarining oʻlimi yuzasidan jinoiy ish qoʻzgʻatishni topshirdi.
Hujumdan bir muncha vaqt oʻtgach, „Tolibon hukumati“ Afgʻoniston razvedka va kontrrazvedka xizmatining qoʻshimcha kuchlarini jalb qilgan holda Rossiya elchixonasining tashqi perimetrini himoya qilish choralari kuchaytirildi.
Manbalar
uz.wikipedia.org