Kobul aeroporti
Hamida Karzay nomidagi Kobul xalqaro aeroporti - Afgʻoniston poytaxti Kobul shahridagi aeroport. Milliy aviakompaniyalar uchun baza hisoblanadi: Ariana Afghan Airlines, Kam Air, Safi Airways. 2014-yil oktabr oyida Afgʻoniston Vazirlar Mahkamasi Afgʻoniston Milliy Assambleyasi yuqori palatasining Kobul aeroportiga Afgʻonistonning sobiq prezidenti Hamid Karzay nomini berish taklifini maʼqulladi.
Tarixi
1960-yilda Kobul aeroporti SSSR muhandislari tomonidan qurilgan. Shu yili Afgʻoniston barcha sohalarda, jumladan, turizmda ham boshqa rivojlangan davlatlarga yetib olishga harakat qilardi. Tranzit reyslar orqali hukumat AQSh, Hindiston va Yevropadan sayohatchilarni jalb qilishni rejalashtirgan.1979-yilda Afgʻonistonda fuqarolar urushi boshlanganida davlatning rejalari barbod boʻldi.
1992-yilda Kobul aeroporti mujohidlar qoʻliga oʻtdi va Tolibon hokimiyatni egallab olguncha bir necha yil davomida ular tomonidan nazorat qilindi.
2001-yil 11-sentyabrda AQShga qarshi teraktlardan soʻng, NATO qoʻshinlari Afgʻonistonga kirib keldi. Bir oydan keyin AQSh harbiylari Kobul aeroportini va aerodrom platformalarida turgan samolyotlarni yoʻq qildi.
Afgʻoniston hukumati Kobul xalqaro aeroportini qayta tiklash va rivojlantirish loyihasini 2006-yilda qabul qildi va Yaponiya yordamga kirib keldi. Rejaga 35 million dollarlik yangi zamonaviy terminal qurish va 2011-yilga kelib yoʻlovchilar tashish hajmini yuz mingga oshirish kiradi.
2008-yilning 6-noyabrida yangi xalqaro terminal Afgʻoniston prezidenti Hamid Karzay ishtirokida ochilgan edi. Mavjud terminal yangilandi va ichki reyslar uchun foydalanilmoqda. 2010-yil fevral oyida yangi radar tizimi oʻrnatildi va yil oxiriga qadar aeroportni barcha xalqaro standartlarga moslashtirish rejalashtirilgan edi.
Afgʻoniston va Kobuldagi notinch vaziyat tufayli aeroport xavfsizligini Afgʻoniston Harbiy-havo kuchlari va vaqti-vaqti bilan boshqa davlatlar, jumladan: Ispaniya, Bolgariya, Polsha, Turkiya qoʻshinlari taʼminladi. Biroq, terroristik hujumlar hali ham sodir boʻlmoqda. Oxirgi terakt 2021-yilning 26-avgustida sodir boʻlgan, uning davomida 200 ga yaqin odam halok boʻlgan edi.
Yoʻnalishlar va aviakompaniyalar
Yoʻlovchi tashish
Manbalar
uz.wikipedia.org