Kobul




Kobul — Afgʻoniston va Pokistondagi daryo. Hind daryosining eng katta oʻng irmogʻi. Oʻz. 460 km, havzasining maydoni 75 ming km² chamasida. Koʻhi Bobo tizmasining yon bagʻridan boshlanadi. Avval togʻlar orasidan oqadi, keyin Jalolobod choʻkmasidan oʻtgach, Peshovar shahri yaqinida tekislikka chiqadi. Qor va yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Yozda sersuv, oʻrtacha suv sarfi 700 m³/sek. Quyilish joyidan yuqori oqimiga tomon (120 km gacha) kichik kemalar qatnaydi. Sugʻorishda foydalaniladi. GES lar, suv omborlari qurilgan. Daryo boʻyida Kobul, Jalolobod va Peshovar shaharlari joylashgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz