Koauila





Koauila — Meksikadagi shtat, Meksika togʻligining shimoliy qismida, AQSH bilan chegaradosh. Maydoni 151,6 ming km². Aholisi 2,3 mln. kishi (2000). Maʼmuriy markazi — Saltilo. Yirik shaharlari: Torreon, Monklova, Pyedras-Negras. Relyefining aksari qismi choʻl landshaftli togʻlik, sharqida — sertepa tekislik. Sharqiy Syerra-Madre togʻlari Koauilani Meksika qoʻltigʻidan ajratib turadi. Iqlimi subtropik quruq iqlim. Yanv.ning oʻrtacha temperaturasi 12—16°, iyulniki 24—29°. Shimolidan sovuq havo oqimining kirib kelishi natijasida baʼzan temperatura —10° gacha pasayadi. Yillik oʻrtacha yogʻin 200–400 mm.

Koauila — muhim metallurgiya va sugʻorma dehqonchilik rayoni. Sabinas daryosi havzasi mamlakatning asosiy toshkoʻmir olinadigan rayoni. Koks-kimyo, qora va rangli metallurgiya, oziq-ovqat, toʻqimachilik, kimyo, sement, qishloq xoʻjaligi mashinasozligi korxonalari bor. Asosiy ekinlari — paxta, bugʻdoy. Ekstensiv chorvachilik rivojlangan. Koauila orqali markaziy shtatlarni AQSH bilan bogʻlovchi muhim magistral yoʻllar oʻtgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz