Koç Holding
Koç Holding A.Ş. — Turkiyadagi eng yirik sanoat konglomerati boʻlib, 2016-yil holatiga koʻra «Fortune Global 500» roʻyxatiga kiritilgan mamlakatdagi yagona kompaniyadir. Bosh qarorgohi Istanbulning Nakkashtepe shahrida joylashgan kompaniya Turkiyaning eng badavlat oilalaridan biri Koch oilasi tomonidan nazorat qilinadi.
Kompaniya asoschisi Vehbi Koch 1926-yilda oʻzining birinchi firmasiga asos soladi. 1963-yilda barcha kompaniyalarni Koch Holdingga birlashtiriladi.
Tarix
Koch Holdingga aylangan ilk firma 1926-yilda Vehbi Koch tomonidan tashkil etilgan.
1984-yilda Vehbi Koch boshqaruv kengashi raisi lavozimini oʻgʻli Rahmi M. Kochga topshirdi.
1988-yil sentabr oyida kompaniya oʻz qarorgohini Istanbulning Fındıkli tumanidan Istanbulning Onadoʻli qismidagi Nakkashtepega koʻchirdi.
2003-yil 4-aprelda Rahmi Koch nafaqaga chiqdi va oʻz lavozimini katta oʻgʻli Mustafo V. Kochga topshirdi. Rahmi Koch faxriy rais unvonini va direktorlar kengashidagi oʻrnini saqlab qoldi.
2015-yilning fevral oyida Levent Chakiroglu Turgay Durak oʻrniga bosh direktor lavozimini egalladi.
2016-yilning 1-choragida Mustafo V. Koch vafotidan keyin Omer Koch boshqaruv raisi boʻldi.
Operatsiyalar
Koch guruhining 16 kompaniyasining aktsiyalari Istanbul fond birjasida sotiladi. Konglomerat 113 kompaniya, 90 000 xodim va 14 000 diller, agentlik va sotuvdan keyingi xizmat ko'rsatuvchi xodimlardan iborat.
Guruh tarkibidagi kompaniyalar
Manbalar
uz.wikipedia.org