Knos




Knos yoki Knoss (grekcha: Κνωσός, lotincha: Cnossus,) — Shimoliy Kritning markaziy qismida joylashgan qadimiy shahar. Egey madaniyati markazlaridan biri. Miloddan avvalgi 3-ming yillik oxirlaridan podsholikning poytaxti. Knos podsholari miloddan avvalgi 16— 15-asrlarda Krit ilk quldorlik davlatining oliy xukmdorlari boʻlgan. Zilzila (miloddan avvalgi 1470), yongʻin (miloddan avvalgi taxminan 1380) natijasida vayron boʻlgan. Ingliz arxeologi A. J. Evans tomonidan olib borilgan arxeologik qazilmalar (1900—30) natijasida Knos xukmdorlarining saroyi ochilgan va "Xoʻjalik arxivi" — yozuvli jadvallar topilgan. Knos axeylar tomonidan bosib olingach (miloddan avvalgi 15-asr 2-yarmi), tanazzulga uchragan.

Manbalar






uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz