Klostridiylar




Klostridiylar (Clostridium) - spora hosil qiluvchi bakteriyalar turkumi. Tayoqchasimon, 0,6—1,2x3,0—7,0 mkm, harakatchan, grammusbat. Spora hosil qilish davrida hujayrasi oʻrtasidan shishib, duksimon shaklga kiradi. Anaerob sharoitda uglevodlar, azotli moddalarni bijgʻitadi. Mezofil va termofil organizmlar. 50 dan ortiq turi tuprokda, balchiqda va oziq-ovqat mahsulotlarida uchraydi. Bir qancha turlari kasallik tugʻdiradi. C. botulinum — botulizm, C. perfringens va C. histolyticum — gazli gangrena paydo qiladi. Ayrim K. atmosfera azotini bogʻlaydi. Saharolitik K. (C. acetobotylicum) dan sanoatda atseton va butanol olishda foydalaniladi.

Manbalar





uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz