Klostridiozlar




Klostridiozlar - qoʻylarda uchraydigan oʻtkir toksik infeksion kasallik. Clostridium turkumiga mansub bakteriyalar qoʻzgʻatadi. Infeksion enterotoksemiya, bradzot, nekrotik gepatit, qoʻzilarning anaerob dizenteriyasi koʻp tarqalgan. Infeksiya qoʻzgʻatuvchisi manbai — kasal hayvon. Koʻzgʻatuvchisi uzoq vaqt tuprokda saqlanib, doimiy yuqish xatarini keltirib chiqaradi. Kasallik alimentar yoʻl bilan yuqadi. Kasallangan qoʻylarda markaziy nerv sistemasi zararlanishi kuzatiladi. Oʻlgan hayvon tezda iriydi. Tashhis kasallikning kechishiga va patalogoanatomik yorish, patalogik materialni bakteriologik tekshirish asosida qoʻyiladi. Davosi ishlab chiqilmagan.

Oldini olish. Kasallik uchraydigan xoʻjaliklarda qoʻylar K.ga qarshi polianatoksin bilan emlanadi.

Manbalar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz