KLIVAJ



KLIVAJ (Fransuzcha clivage — parchalanish, qatlamlarga ajralish) — tog’ jinslarining darzlar bo’yicha yupqa plastinka va prizmalarga ajralishi. Ularning yo’nalishlari, ko’pincha tog’ jinslarining birlamchi qat-qatligiga mos kelmaydi. Klivaj avj olgan joylarda asl qat-qatlik butunlay ko’rinmay qoladi. Klivaj, asosan, intensiv burmalanish rayonlarida tektonik kuchlar ta’sirida sodir bo’ladi. Yuzaga kelish usullariga ko’ra, uzilish Klivaj, sirpanish Klivaj, yoriq Klivaj va boshqalar farq qilinadi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz