Kliment Timiryazev yodgorligi Moskva, Timiryazev ko‘chasi




Kliment Timiryazev haykali — tabiatshunos olim, oʻsimlik fiziologiyasi boʻyicha mutaxassis Kliment Timiryazev xotirasiga oʻrnatilgan yodgorlik byusti. Moskva qishloq xoʻjaligi akademiyasining parki hududida 1924-yilda oʻrnatilgan. Loyiha mualliflari — haykaltarosh Mariya Straxovskaya va meʼmor S.G. Chernishev. 1960-yili yodgorlik davlat muhofazasiga olingan.

Bronza byusti toʻrt qirrali qizil granit tagkursiga oʻrnatilgan boʻlib, unda olim asarlaridan quyidagi yozuvlar bitilgan: „Faqat ilm va demokratiya, faqat bilim va mehnat erkin, oʻzaro chambarchas ittifoqqa kirishib, butun insoniyat manfaati uchun hamma narsani yengadi, hamma narsani qayta yaratadi“ va „Bolsheviklar leninizmga intilib, xalq baxti uchun mehnat qiladilar va ularni baxtga yetaklaydilar. Men doim sizniki va siz (bolsheviklar) bilan birga boʻlganman“.

Manbalar




Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz