KLAVIATURA (lotincha clavis — kalit) -1) musiqa cholg’u sozlarida ma’lum tartibda joylashgan klavish (richag) lar majmui, klavish mexanizmi (tovush hosil qiluvchi va uni so’ndiruvchi richaglar tizimi)ning asosiy qismlaridan biri. 12-asrdan dastlab organda, so’ngra boshqa klavishli musiqa cholg’ularida qo’llanilgan. Klavesin, fisgarmoniya, elektroorgan kabi cholg’ularda bir nechta dastaki Klaviatura (Manual)lar bo’lishi mumkin. Organda qo’l uchun muljallangan Klaviatura (Manual)lardan tashqari nihoyatda past (yo’g’on) tovushlar manbai — oyoq Klaviaturasi (pedal) ham mavjud; 2) yozuv mashinkasi, kompyuter kabi mexanizmlarda klavishlar majmui.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish