Klavdiya Yefremova




Klavdiya Grigoryevna Yefremova (1916.7.11, Perovsk, hozirgi Qiziloʻrda — 2000.12.7, Toshkent) — Oʻzbekiston xalq artisti (1959). Qirgʻizistonda xizmat koʻrsatgan artist (1943). 1936— 41 yillarda Kirgʻiziston yosh tomoshabinlar teatrida, 1941—43 yillarda Prjevalsk teatrida, 1943—47 va 1951—52 yillarda Frunze (hoz. Bishkek) drama teatrida, 1952—2000-yillar Oʻzbekiston akademik rus drama teatrida aktrisa. Lirik-dramatik rollar ijrochisi. Obrazlari taʼsirchan, sodda va samimiyligi bilan ajralib turadi. Eng yaxshi rollari: Marta ("Baliqchining oʻgʻli"), Lyusya, Tanya, Valya ("Sargardonlik yillari", "Tanya", "Irkutsk voqeasi"), Xolisxon ("Paranji sirlari"), Chjou Fan-i ("Tayfun"), Alina ("Qashshoq qalb egasi"), Kolsova ("Favqulodda elchi"), Eleyn Bendshal ("Qonli sarob"), Mariya ("Mariya"), Matitsa ("Uchovlon") va b.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz