Klava Koka




Klava Koka (haqiqiy ismi: Klavdiya Vadimovna Visokova ; 1996-yil 23-iyulda tavallud topgan) – rossiyalik qoʻshiqchi, videobloger, qoʻshiqlar muallifi, teleboshlovchi. 2015-yilda „Molodaya krov“ shousida gʻalaba qozonganidan soʻng, Black Star leybl bilan shartnoma imzolagan.

2019-yilda „Sevimli rus musiqa bloggeri“ nominatsiyasida Kids' Choice Awards mukofotiga nomzod boʻldi.

2021-yilda „Crash“ qoʻshigʻi uchun Klava Koka uchta nominatsiyada: „Yil qoʻshigʻi“ mukofoti, „Muz-TV mukofoti“ va „Yilning eng zamonaviy qoʻshiqchisi“ mukofotlarini qo'lga kiritgan. Nyu-Yorkdagi Times Square maydonida, Spotify’ning butun dunyo boʻylab ayol rassomlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan „Teng huquqli“ kampaniyasi doirasida Klava Koka surati osilgan.

Biografiyasi



1996-yil 23-iyulda Yekaterinburgda tugʻilgan. Klava 13 yoshga toʻlganda, uning oilasi Moskvaga koʻchib oʻtishgan.

Maktabdan soʻng RANEPA dagi „Davlat xizmati va boshqaruv fakulteti“ga oʻqishga kirgan .

Karyerasi



2012-yilda „Ya Artist“ xalqaro festival-tanlovida ishtirok etgan va finalgacha yetib borgan.

2015-yili pop uslubidagi 6 ta kompozitsiyani oʻz ichiga olgan „Kusto“ nomli debyut albomini chiqardi. Shundan so'ng „Molodaya krov“ kastingidan oʻtib, Black Star Inc. leybli bilan shartnoma imzoladi.

2016-yilda birinchi marta Olga Buzova bilan „Yesli …“ deb nomlangan qoʻshma trek – kompozitsiyasini yozdi.

2017-yilda Klava Koka YouTubeʼda videoblog yurita boshladi. Klava Koka xorijiy xitlarni, rus tilida yorita boshlagan „Klava Translate“ boʻlimi, shuningdek, rus tilidagi kapella treklarini qayta kuylaydigan „CocaPella“ boʻlimi katta shuhrat qozondi.

2020-yil fevral oyidan boshlab Coca oʻz kanalini TikTok’da ham yurita boshladi.

2021-yilda u Forbes jurnalining „30 yoshgacha boʻlgan 30 ta eng istiqbolli ruslar“ roʻyxatiga kiritilgan.

2022-yil aprel oyida " Malchik-delfin " multfilmiga saundtrek sifatida „Mama“ deb nomlangan qoʻshig'i chiqdi.

Diskografiyasi



Studiya albomlari



"Kusto"




"Neprilichno o lichnom"




Video kliplari




Reklama sohasidagi faoliyati




Yirik xalqaro brendlar: Pepsi, Garnier (2021), KitKat, Montale, SOKOLOVlarning reklama yuzi hisoblanadi.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz