Klaus, Vatslav
Klaus Vatslav (1941.19.4, Praga shahri) — Chexiya davlat arbobi. Pragadagi Iqtisodiyot institutini tugatgan (1963). Italiyaning Neapol shahridagi Iqtisodiyot universiteti (1963— 66), AQShning Kornell universiteti (1966 —69)da oʻqigan. 1969-yildan Chexoslo-vakiya Fanlar akademiyasi Iqtiso-diyot instituti xodimi, 1971-yildan Chexosla-vakiya davlat bankida turli lavozimlarda, 1986-yildan Che-xoslovakiya Fanlar akademiyasining Bashorat qilish instituti boshqaruvi aʼzosi, 1989-yillan Che-xoslovakiya federal moliya vaziri, 1991-yildan Chexoslovakiya federal hukumati bosh vaziri oʻrinbosari, 1992-yildan Chexiya Respublikasi bosh vaziri, 2003-yil fevraldan Chexiya Respublikasi prezidenti.
Manbalar
Andoza:Chexiya Bosh vazirlari
uz.wikipedia.org