Klaus Augenthaler
Klaus Augenthaler (nemischa: Klaus Augenthaler ; 1957-yil 26-sentyabr, Fyurstenzell, Gʻarbiy Germaniya) — nemis futbolchisi, himoyachi sifatida oʻynagan.
Faoliyati
U butun umrini " Bavariya "ga bagʻishlagan, 16 yilni klubda oʻtkazgan. U yetti marta Germaniya chempioni boʻlgan hamda uch marta kubokni qoʻlga kiritgan. Yetti yil davomida u „Bavariya“ sardori boʻlgan. U klub safida jami 404 ta o‘yin o‘tkazgan va 52 ta gol urgan. Futbol maydonida u markaziy himoyachi pozitsiyasini egallagan. Germaniya terma jamoasi bilan jahon chempionatida g‘olib boʻlgan va kumush medal sohibiga ham aylangan.
Faoliyatining oxirida u „Bavariya“ murabbiylar shtabiga kirgan va ikkinchi jamoaga ustozlik qilgan. U uch mavsum davomida Avstriyaning GAK va Nyurnberg klublarini boshqargan. 2003-yildan 2005-yilgacha u „ Bayer Leverkuzen“ga Bundesligada jon saqlab qolishga yordam bergan. 2006/07-yilgi mavsumda u " Volfsburg "ni boshqargan, biroq hech qanaday sovrin yuta olmagan.
1991-yilning 24-aprelida " Crvena Zvezda "ga qarshi o‘yinda aynan Klaus Augenthalerning so‘nggi daqiqalardagi avtogoli „Bavariya“ni yevrokubok finalisiz qoldirgan.
Augenthaler Germaniya Bundesligasida bitta oʻyinda 4 marta almashtirishni amalga oshirgan yagona murabbiy hisoblanadi. 1996-yil 18-mayda " Fortuna Dyusseldorf "ga qarshi mavsumning so‘nggi o‘yinida u „Bavariya“ bosh murabbiyi Frans Bekkenbauerni oʻrniga murabbiylik qilgan. Tanaffus paytida Augenthaler uchta maydon oʻyinchisini almashtirgan, shuningdek, Oliver Kan oʻrniga Maykl Probstni maydonga tushirgan. Uchrashuv bosh hakami Luts Vagner murabbiyning xatosini payqamagan va uchrashuv 2:2 hisobida yakunlangan. Biroq „Fortuna“ o‘yin natijasiga apellyatsiya bermagan, chunki so‘nggi turga qadar har ikki jamoa ham o‘z turnir jadvaldagi oʻrnini hal qilib bo‘lishgan edi.
Yutuqlari
Manbalar
uz.wikipedia.org