KLARK CHARLZ



KLARK CHARLZ (1741-1779.22.8, Petropavlovsk-Kamchatskiy) — ingliz dengizchisi. To’rt marta dunyo aylana sayohatda qatnashgan: 1764-66 yillarda Jon Bayron ekspeditsiyasida, 1768— 71, 1772-75 va 1776-79 yillarda J. Kuk ekspeditsiyalarida. 1779 yil 14 Fevralda Kuk halok bo’lgandan keyin Klark ekspeditsiyani boshqarib, kemalarni Gavayi orollaridan Chukotka dengizi tomon olib bordi, Lekin 70° shu kabilarga yetmasdan yirik muzlarga duch kelib orqaga qaytishga majbur bo’ldi. Petropavlovsk-Kamchatskiyda vafot etgan va o’sha yerga dafn qilingan. Klark nomiga Atlantika okeanining Janub qismidagi qoyalar qo’yilgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz