Klara Jalilova




Klara Alimadatovna Jalilova (1937-yil 8-iyul — 2020-yil 20-noyabr, Toshkent) — sovet va oʻzbek aktrisasi, xonanda. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist.

Bolaligi



Klara Jalilova 1937-yil 8-iyulda Toshkent shahrida tavallud topgan. Uning otasi Alimadat Jalklov buxorolik tojik millatiga, onasi esa tatar millatiga mansub edi.

Yoshligidan musiqa va vokal bilan shugʻullangan. Xonanda sifatida badiiy havaskorlik konsertlarida ishtirok etgan. 1955-yilda SSSR xalq artisti Halima Nosirovaning nazariga tushadi. U bu yosh qizdagi beqiyos isteʼdodni sezib, uni Toshkent Davlat konservatoriyasiga taklif qiladi. Bu yerda Halima Nosirovaning iltimosiga koʻra, 12 nafar ekspert yigʻilib, qizning chiqishlarini tinglaydi. Shunda ularning hammasi musiqasiz tabiatning inʼomi orqali jonli qoʻshiq kuylagan noyob isteʼdod sohibasi turganini sezishadi. Shu onning oʻzidayoq uning maʼlumotini surishtirishmay, Oʻzbekiston SSR Davlat filarmoniyasi qoshidagi Oʻzbek xalq cholgʻu asboblari orkestriga solist sifatida ishga tavsiya qilishadi. 1957-yilda Klara Jalilova Moskvada boʻlgan yoshlar va talabalarning Butunjahon festivaliga Oʻzbekiston SSR nomidan delegat sifatida ishtirok etadi. U yerda yosh xonanda muvaffaqiyatli chiqishlar qiladi va laureat nomini hamda oʻzining birinchi Oltin medalini qoʻlga kiritadi.

Ta'lim



Toshkent badiiy sanoat institutini tamomlaydi.

Mashxurlik



Unga katta shuhratni 1958-yilda suratga olingan „Maftuningman“ filmidagi ilk roli keltiradi. Bu birinchi oʻzbek musiqali komediyasi edi. Klara Jalilova kinoda suratga tushib, estrada sohasida qoʻshiqlar ijro eta boshlaydi.

Mukofotlari



2011-yilda „Doʻstlik“ ordeni bilan taqdirlangan.

Vafoti



Aktrisa 2020-yilning 20-noyabr sanasida vafot etdi.

Oilasi



Aktrisa aktyor Yoqub Ahmedov bilan turmush quradi va bir necha yildan so'ng ajrashishadi. Ularning Furqat Ahmedov ismli oʻgʻli bor.

Bir necha yildan so'ng aktrisa Bahor” ansambli sozandasi Rustam Negmatov bilan (changchi) turmush quradi.

Shuningdek, Klara Jalilovaning Shuxrat (1965—2012) va Shavkat ismli oʻgʻillari bor.

Rollari



Klara Jalilova „Maftuningman“da Yulduz (1958), „Olovli yoʻllar“da Sodiqjon boyning xotinlaridan biri(1978), „Chinor ostida duel'“ fil’mida Abdullaning xotini (1979), „Kelinlar qoʻzgʻoloni“da Lutfi (1985), „Arslonning sarguzashtlari“da tovuq koʻtargan ayol (1988), „Temir xotin“da qoʻshni (1990), „Kulol va xurmacha“da haram bekasi (1990), „Uch qirol jangi“da ayol (1990), „Temir erkak“da (1991), „Yuzsiz“da ayol (1992), „Alif Laylo va makkora“ (1992), „Meni yolgʻiz qoldirma“ (2004), „Baribir hayot goʻzal“ (2004), „Anora“ (2006), „Niqob“ (2007), „Men bu men“ (2009), „Soʻnggi lahza“ (2009), „Mugʻormbir kuyovlar“ (2013) kabi fil’mlarda rolllar ijro etgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org



Uzpedia.uz