Kökšetau




Koʻkshetau  — (qozoqcha: Көкшетау) Qozogʻiston Respublikasi. Shimoliy Qozogʻiston viloyatidagi shahar (1862-yildan), Koʻkshetau togʻlarining shimoliy chekkasida Temir yoʻl tuguni. Aholisi 153,057 kishi (2013). Koʻkshetau mashinasozlik, metallsozlik, oziq-ovqat hamda qurilish materiallari sanoatlari markazlaridan biri. Har xil tarozilar ishlab chiqaradigan mexaniqa zavodi, kislorodli nafas olish apparatlari, avtomobil tuzatish zavodlari, kimyo kombinati, oziq-ovqat, yengil sanoat korxonalari, pedagogika instituti, teatr, tarix-oʻlkashunoslik muzeyi bor. Koʻkshetauga 1824-yil asos solingan.

Geografiyasi



Hozirgi Oqmoʻla viloyatining shimoli va unga chegaradosh Shimoliy Qozogʻiston viloyatining ayrim tumanlarini oʻz ichiga oladi. Markazida Koʻkshtov qir-adirlari joylashgan. Shunda sharqdan gʻarbga tomon Koʻkcha, Jaqsi Jalgʻiztov, Jaman Jalgʻiztov, Imantov, Jilandi, Sandiqtov, Ulkentukti, Buqpa, Qoʻshqarbay, Zerendi tagʻlari, Ayirtov, Sirimbet togʻlari va Shortandi, Burkitti asui, Ulken Shaqti, Kishi Shabaqti,Burabay, Aynakoʻl, Aydaboʻl, Zerendi, Qoʻpa, Atansoʻr, Maylisoʻr, Mamay, Saumalkoʻl, Shalqar, Ulken Qoʻskoʻl, Kishi Qoʻskoʻl, Joʻldibay, Qalmaqkoʻl, Shagʻalaliteniz, Siletiteniz, Teke, Ulken Qaraoʻy, Kishi Qaraoʻy, Qalibek v.h. koʻllar joylashgan. Qir-adirlarning gʻarb tomonidan Yesil daryosi oqib oʻtadi. Koʻplaganb kichkina daryolar bahorda meyoridan oshgani bilan, yozda suvi kamayib, koʻpchiligining anhorlari qurub qoladi. Qishda kun sovuq, yanvar oyidagi yillik oʻrtacha harorati −16 — 19 °C, iyulda 19 — 20 °C. Yillik yogʻingarchilikning miqdori 230–400 mm.

Aholisi



Shahar aholisining soni 153,057 kishi (2013). Aholisi koʻp millatli hisoblanadi.

Aholining milliy tarkibi (1-yanvar 2010-yilgi):

Iqlimi




Koʻkshetov shahrining iqlimi keskin kontinent, yozi iliq, qishi uzoq va ayoz boʻladi. Yillik oʻrtacha harorati 0 °C darjasida. Yillik yogʻingarchilikning miqdori 300–350 mm. Yogʻingarchilillar asosan yoz oylarida boʻladi.

Sanoat



Koʻkshetau shahrida oziq ovqat va engil sanoat korxonalari, mashinasozlik, metallurgiya, kimyo sanoati, karton va qogʻoz ishlab chiqarish, issiqlik, elektr energiyasini, gaz va suv tarqatish mahkamalari faoliyat yuritmoqda. Koʻkshetau shahridagi yirik korxonalari: oltin qazib oladigan „Vasilkov oltin“ jamoat birodorligi, kislorod nafas olish apparati, vazn oʻlchash texnikasi, aviatsiya texnikasi agregatlarini ishlab chiqaradigan „Tinis“ aksionerlіk jamoati,
Shaharda 4,5 ming kichik korxonalar bor. Kichik biznes 19,5 ming kishini ish bilan taʼminlagan (2001 y.).

Telekommunikatsiya tarmogʻi



Koʻkshetovning telekommunikatsiyalik tarmogʻining asosini umumiy xotirasi 30-ming raqamli ATS-lar tashkil qiladi.

Tibbiy yordam koʻrsatish mahkamalar



Shahardagi tibbiy yordam koʻrsatish mahkamalarining umumiy soni 34. 17 ta kasalxona va shifoxana mahkamalari, 13 oilaviy-shifokorlik ambulatoriya, tez yordam stansiyasi faoliyat yuritadi. Nodavlat tibbiy 1 shifoxona, 1 kasalxona, 48 dorixona bor.

Transport




Bilim sohasi



Bilim sohasida Koʻkshetau davlat universiteti, Koʻkshetau texnik universiteti, Koʻkshetov iqtisoq va menejment instituti, 13 maxsus oʻquv joylari beshtasi davlat kolledj, umumiy bilim beruvchi maktablar soni 23 ta.

Hordiq chiqarish maskanlari



Koʻkshetau milliy parki, „Burabay“ kurorti, „Oqjetpes“, „Shuchinsk“ sanatoriyalarі, „Jeke Batir“, „Goluboy Zaliv“, v.h. hordiq uylari, oʻquvchilar lagerlari joylashgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org



Uzpedia.uz