Kjell Scherpen




Kjell Scherpen (2000-yil 23-yanvarda tugʻilgan) — gollandiyalik professional futbolchi, u Premer-liganing „Brighton & Hove Albion“ klubi va Gollandiyaning 21 yoshgacha boʻlgan milliy terma jamoasida darvozabon sifatida oʻynaydi.

Klublardagi faoliyati



FK Emmen



Scherpen oʻzining katta futboldagi faoliyatini 2016—2017-yilgi mavsumda „Emmen“ klubida boshlagan.

Ajax




2019-yil aprel oyida u "Ajax " bilan shartnoma imzolashini eʼlon qiladi. Uning shartnomani imzolayotganida olingan vidosida „Ajax is de mooiste club van Nederland“ (Ayaks Gollandiyaning eng chiroyli klubi) soʻzlarini 1000 marta yozgani aks ettirilgan.

Asosiy tarkib futbolchisi Maarten Stekelenburg start oldidan jarohat olganligi tufayli Scherpen 2021-yil 4-aprelda „Ajax“ning kattalar jamoasida maydonga tushib birinchi oʻyinini oʻtkazadi.

Brighton & Hove Albion



2021-yil 16-iyulda Scherpen Eredivizionning PEC Zvolle jamoasiga ijaraga oʻtishi haqida maʼlumotlar tarqalgan bir paytda nomaʼlum toʻlov evaziga Premer-liganing „Brighton & Hove Albion“ klubi bilan shartnoma imzoladi. U 2022-yil 8-yanvar kuni Angliya kubogi uchinchi bosqichida Chempionship vakili „Vest Bromvich“ga qarshi kechgan oʻyinda birinchi oʻyinini zaxiradan maydonga tushib oʻtkazdi.

2022-yilning 31-yanvarida Scherpen Belgiyaning birinchi A divizionining Oostende klubiga mavsumning qolgan qismi uchun ijara asosida oʻtadi va 2022-yilning avgustiga kelib „Vitess“ jamoasiga ijara asosida qoʻshiladi.

Xalqaro faoliyati



U Gollandiyani 19 yoshgacha va 21 yoshgacha boʻlgan yoshlar jamolarida toʻp surgan. Tim Krul jarohat olgandan soʻng Scherpen birinchi marta 2022-yilning iyun oyida kattalar tarkibiga chaqirilgan edi.

Shaxsiy hayoti



U 18 yosh boʻlganida, uning akasi Yorg (20) toʻsatdan yurak xurujidan keyin komaga tushib, vafot etgan.

Faoliyati statistikasi




Yutuqlari



Ajax

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz