KIZLYAR — Rossiya Federatsiyasi, Dog’istondagi shahar. Terek daryosining deltasida joylashgan. Temir yo’l stantsiyasi. Aholisi 40,7 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Elektromexanika, Elektroapparat z-avodlari, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Tokchilik rayonining markazi. O’lkashunoslik muzeyi, PM.Bagrationniit (Kizlyarda tug’ilgan) uy-muzeyi bor. Shahar 1609 yildan ma’lum.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish