Kivisimonlar




Kivisimonlar , qanotsizlar (Apterygiformes) — qushlar turkumi. Tojsuyaksiz qushlar (tuyaqushsimonlar katta oilasi)ga yaqin turadi. Qanoti rivojlanmagan, dumi yoʻq. Oyoqlari baquv-vat, toʻrt barmokli, tumshugʻi uzun; kattaligi tovukdek, ogʻirligi 1,4—4 kg. 3 turi bor. Yangi Zelandiyada tarqalgan. Qalin butazorlarda yashaydi, toʻngi monogam qush. Yiliga 2-marta urchiydi. Yerga yoki ildizlar ostiga uya quradi. 1-2 ta yirik tuxum qoʻyadi. Tuxumni nari 75—P kun bosadi. Tuxumdan jish joʻja chiqadi. Chuvalchanglar, hasharotlar, oʻsimlik urugʻlari va toʻkilgan mevalari bilan oziqlanadi. Soni kamayib ketganligi tufayli muhofaza qilinadi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz