Kitu Gidwani




Kaushalya „Kitu“ Gidwani  — hind aktrisasi va modeli. U Hindiston televideniyesida bir nechta film va seriallarda rol ijro etgan.

Kitu Swabhimaan filmida Svetlana rolini ijro etgan, bu roli uchun u muvaffaqiyatga erishagan. Keyin u Shaktimaanga imzo chekdi va haqiqat tarafdori boʻlgan yangiliklar kanali muxbiri „Geeta Vishwas“ rolini oʻynagan. U bir necha epizoddan soʻng shouni tark etdi va keyinchalik 1986-yilda Doordarshan telekanalida efirga uzatilgan Air Hostess serialidan soʻng mashhur boʻldi Dance of the wind (1997), Deepa Mehtaʼs Earth (1998) filmlaridagi rollari uchun tanqidchilar olqishiga sazovor boʻlgan.

Shaxsiy hayoti



Gidvani Mumbayda tugʻilgan. Uning Sindhilik ota-onasi boʻlinishdan kegin Pokistondan koʻchib kelgan. Ular Worli shahridagi qochqinlar lagerida yashashgan. Uning akasi bor.

U Mumbaydagi Fort monastir maktabida tahsil olgan. Bitiruvdan keyingi kunlarida uning fransuz tiliga qiziqishini ortdi va u fransuz spektakllarida rol oʻynay boshlagan. Tez orada u Janak Toprani rejissorligidagi ingliz spektakllarida rol oʻynagan. U baʼzi teleseriallarda rol oʻynagan va keyinchalik fransuzcha Black (1987) filmida suratga tushgan va unda braziliyalik qiz rolini ijro etgan.

Faoliyati



Gidwani televideniyadagi debyutini 1984-yilda Trishna teleserialida qildi va 1980 va 90-yillarda Swabhimaan, Air Hostess va Junoon kabi teleseriallarda unutilmas chiqishlar qilgan. U Junoon filmida aktyor Tom Alter bilan yotoqda oʻpish sahnasidan keyin koʻpchilikning eʼtiborini tortgan. 1997-yilda u bir vaqtning oʻzida toʻrtta serialda suratga tushgan, Swabhimaan va Junoondan tashqari, Saahil, Yeh Kahan Aa Gaye Xum filmlarida ham rol oʻynagan. U yaqinda koʻp yulduzli hind seriallari Kaashish va Kulvadhuda paydo boʻlgan.

1997-yilda u Dance of the Wind filmida ustozi/onasini yoʻqotib, ovozini qaytarish uchun kurashayotgan hind klassik qoʻshiqchisi Pallavi rolini oʻynagan. Bu rol Nantdagi „Uch qitʼa“ festivalida „Eng yaxshi aktrisa“ mukofotiga sazovor boʻlgan. Pankaj Butaliyaning Shadows in the Dark filmida u hozirgi Pokistonda yashovchi oʻrta yoshli ayol Lajma rolini oʻynagan. 2010-yillarda u Fashion, Dhobi Ghat va Student of the year filmlarida kichik rollarni ijro etgan.

2001-yilda ITC Limitedga tegishli Wills Lifestyle kiyim-kechak tarmogʻi bilan birgalikda u Wills Sport Lifestyle kiyim brendini targʻib qilgan. 2006-yilda u Darshan Jarivalaning Your Place or Mine spektaklida ham rol ijro etgan.

U, shuningdek, Sock ’em With Honeyn spektaklini ham ijro etdi, u yerda qizi yahudiyni sevib qolgan Pokistonlik anʼanaviy parsi ayol rolini oʻynadi va bu uning chet elga birinchi sayohatiga turtki boʻlgan.

Mukofotlar



1998-yilda Kitu „Uch qitʼa“ festivalida, Nantda, Fransiyada „Eng yaxshi ayol roli“ mukofotiga sazovor boʻlgan. Mukofot uning Dance of the Wind filmidagi Pallavi rolidagi (rejissor Rajan Xosa) ajoyib yutugʻini eʼtirof etgan.

Filmografiyasi




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz