Kiton Bester




Joseph Frank " Buster " Keaton (1896.4.10, baʼzi maʼ-lumotlarga koʻra 1895—1966.1.2) — mashhur amerika komik aktyori va kinorej. "Uch davr", "Bizning mehmondoʻstligimiz", "Sherlok-kichkina", "General" kabi komediya — filmlarda oʻynab (rej. ham oʻzi) dunyoga tanildi. U ekranda "hech qachon kulmaydigan", harakatsiz, sovuqqon, ehtirossiz inson niqobini yaratdi va kino sanʼatida oʻziga xos uslub bilan tanildi. Filmlarining asosiy mavzusi — Keaton qahramonining bu adovatli dunyoda yolgʻizligidir. "Bester Kiton tarixi" nomli montajli film (maslahatchi oʻzi boʻlgan, 1957) muvaffaqiyatidan soʻng u (oʻzoq tanaffusdan keyin) yana kinoga qaytdi va "Bu telba, telba, telba dunyo" (1963), "Forumga borishdagi kulgili voqealar" (1966) filmlarida suratga tushdi. "Oskar" mukofotining laureati (1959).

Manbalar





uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz