Kitob surxagi
Kitob surxagi , Surhaq, Gov surhag — xalq seleksiyasida chiqarilgan eng ertapishar xoʻraki uzum navi. Vatani—Markaziy Osiyo. Ekologik-geografik jihatdan Sharqiy guruh navlariga kiradi. Bargi oʻrtacha (oʻz. 15 sm, eni 15 sm), shakli dumaloq, 5 boʻlakli, oʻrtacha kertikli. Guli 2 jinsli. Uzum boshi yirik, ogʻirligi 400—500 g, shakli konussimon, shingillari zich. Gʻujumlari yirik (ayrim yirik gujumlari 27 mm gacha), toʻq pushti rang. Etdor, sershira, poʻsti oʻrtacha qalinlikda, karsillaydi, gujumi tarkibida 15,5% qand bor, nordonligi 3,3 g/l. Har gʻujumida Z dona urugʻi bor. Tupi kuchli oʻsadi. Sovuqqa chidamsiz boʻlganligi sababli qishda koʻmish kerak. Kul va barg oʻrovchilaridan kam zararlanadi. Iyun oxiri — iyul boshlarida pishadi. Toshkent viloyatida kurtak yozishidan boshlab gʻujumlari toʻliq pishishi uchun 100 kun talab qilinadi (faol harorat yigʻindisi 2500° da). Koʻp zang qoldirib, yelpigʻichsimon shakl berib oʻstirilganda toklar yaxshi hosil beradi. Hosildorligi 160—220 s/ga. Oʻzoq joylarga yuborishga chidamsiz. Gʻujumlari toʻliq pishgach, 8—12 kunda hosil yigʻishtirib olinadi, aks holda tashqi koʻrinishi va taʼmini yoʻqotadi. Surxondaryo, Toshkent, Samarqand viloyatlarida ekiladi. Oʻzbekistonda barcha viloyatlar uchun rayonlashtirilgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org